IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI
58
kitobning bunday tuzilishi qurilmaning arzonligini ta‘minlasa-da, matnlarni
yuklashni qiyinlashtiriadi va elektron kitobna kompyuterga bog‗lab qo‗yadi.
Rocket eBook komplekti bilan birga foydalanuvchilar "Alisa v strane
chudes" kitobini va 75 000 so‗zni o‗z ichiga oluvchi "Random House Webster-s
eDictionary" ga ega bo‗lishadi. Boshqa kitoblarni sotib olish kerak bo‗ladi.
SoftBook Press ga qaraganda juda ko‗p materiallar bepul taqdim qilinadi.
SoftBook Reader singari NuvoMedia mahsuloti ham Open eBook
spetsifikatsiyalarini qabul qilgan, ya‘ni matnga oq-qora rasmlarni, jadvallarni,
diagrammalarni, fotosuratlarni kiritish imkoniyatiga ega. Foydalanuvchi o‗z
elektron kitobini yaratmoqchi bo‗lsa u, RocketWriter dan foydalanadi. Uning
funktsional imkoniyatlari SoftBook Press Personal Publisher ning
imkoniyatlariga o‗xshash. Bundan tashqari Rocket eBook ning RS emulyatorini
kompaniyaning saytidan yuklash mumkin. +urilmani yaratuvchilar kelgusida
elektron kitobni rangli monitor va USB port bilan ishlaydigan qilish niyatidalar.
Albatta, SoftBook Reader va Rocket eBook elektron kitoblar bu sohadagi
dastlabki qaldirg‗ochlardir. Elektron kitoblarning nisbatan qimmatligi va ularning
o‗zbek va rus tillarda deyarli yo‗qligi respublikamizda bunday texnika
mo‗‗jizasining keng tarqalishiga imkon bermaydi.
Elektron kitoblar qog‗oz kitoblarni siqib chiqaradimi? - buni hayot
ko‗rsatadi. Kitobxonlarning ko‗pchiligi monitor orqali o‗qishni yoqtirishmaydi,
elektron kitoblar nisbatan qimmat. Ammo analitiklarning fikriga ko‗ra, 21-asrda
nashrlarning 90% elektron shaklda tarqalar ekan.