III. NAZARIY MATERIALLAR
30
qurilmalarning ro'yhati chiqadi (1.10-rasm).
1.10-rasm.
Har bir saqlash qurilmasi, alohida qatorlarda ko'rsatiladi. Agar biz bir nechta
saqlash qurilmasini tanlab ko'rsatsak, anaconda funksiyasi
qaysi qurilmaga OT
o'rnatilishi va qaysi qurilmaga fayl tizimi qo'shilishini aniq ko'rsatishni talab etiladi
(1.11-rasm).
1.11-rasm.
Yuqoridagi oynaning chap tomonida barcha saqlash qurilmalari joylashgan
bo'lsa, o'ng tomonda o'rtalishi kerak bo'lgan saqlash qurilmasi ro'yhati joylashgan.
Agar bizning kompyuterimizda oldin Fedora yoki Red Hat Linux OT o'rnatilgan
bo'lsa, tizimni yangilash taklif etiladi (1.12-rasm).
III. NAZARIY MATERIALLAR
31
1.12-rasm.
Keyingi qadamda root foydalanuvchisi parollari
kiritiladi va bu root
foydalanuvchisining tizimdagi o'rni juda muhim hisoblanadi, shuning uchun unga
qo'yiladigan parol esdan chiqmasligi lozim. Root foydalanuvchisi Windows OT
dagi administrator foydalanuvchisi bilan bir darajadai foydalanuvchi hisoblanadi.
Root foydalanuvchisi
yordamida dasturlar paketi, tizimni yangilash va tizimga
hizmat ko'rsatish kabi amallar bajariladi (1.13-rasm).
1.13-rasm.
Tizimni yuklovchi qismini sozlashda GRUB funksiyasidan foydalaniladi.
III. NAZARIY MATERIALLAR
32
GRUB (Grand Unified Bootloader) - odatiy holatda
tizimni yuklovchi funksiya
hisoblanadi (grub DOS, Windows kabi OT lar muhitida ishlamaydi) (1.14-rasm).
1.14-rasm.
Agar kopmyuterda boshqa OT lar bo'lmasa yoki ularni o'chirib tashlasak,
GRUB odatiy holatda o'rnatiladi. Agar kompyuterda boshqa OT lar o'rnatilgan
bo'lsa, Fedora avtanom tarzda ularni aniqlaydi va yuklanishini sozlaydi.
Barcha sozlanmalar amalga oshgandan
keyin tizim qayta yuklanib,
foydalanuvchilar qayd yozuvi sozlanadi. Shu bilan tizim ishga tayyor holatga
keladi (1.15-rasm).
1.15-rasm.