63
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
tushunish va eslab qolishni osonlashtiradi. Havola: http://popplet.com/
FlockDraw
- hamkorlikda chizish va doska yaratish vositasidir. Ishtirokchilar
soni cheklanmagan va chizmalar real vaqtda yangilanishi mumkin. Doskada siz
matnni joylashtirishingiz, ranglar va shakllarni o‗zgartirishingiz mumkin. Havola:
http://flockdraw.com/
Rizzoma
– bu jamoaviy ish uchun virtual platforma. Xizmat turli
foydalanuvchilar uchun mo‗ljallangan: ishbilarmonlar, o‗qituvchilar va talabalar.
Bu muloqot uchun virtual platforma, jamoaviy ish uchun bepul xizmat. Havola:
https://rizzoma.com/
Twiddla
– zamonaviy sinf uchun virtual interaktiv doska. Matnni yuzaga
joylashtirish (hajmini, harflar uslubini, formatini o‗zgartirish); illustrasiyalar,
matematik formulalar kiritish; hujjatlarni, vidjetlarni va html kodini joylashtirish;
chat va ovoz yordamida guruh ishida muloqot qilish imkonini beradi. Internet veb-
saytlarni birgalikda ko‗rish imkoniyati mavjud. Havola: https://www.twiddla.com/