60
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
vositasidir. Talabalar besh daqiqagacha javobni yozib olishlari, suratlariga
smayliklar qo‗shishlari mumkin. Bu o‗quvchilar va talabalarga o‗z fikrlarini baham
ko‗rishga yordam beradigan vositadir. Havola: Ssыlka:
https://info.flipgrid.com/
Thinglink
–
audiovizual o‗quv materiallarini yaratish vositasidir. Chizmaga
60 dan ortiq tillarda qalqib chiquvchi matnli nuqtalar qo‗yish imkonini beradi.
Dastur o‗qituvchilarga interaktiv kontent orqali talabalarning qiziqishini
uyg‗otadigan o‗qitish usullarini amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek,
musiqa, tovushlar, matnlar va fotosuratlar bilan interaktiv tasvirlar yaratish
imkonini beradi. Ular boshqa veb-saytlarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda e‘lon
qilinishi mumkin. Havola:
https://www.thinglink.com/
H5P
xizmati kursingizga dinamik mashqlar, o‗yinlar, vaqt jadvallari,
videolarni integratsiyalashgan test bilan tezda qo‗shish imkonini beradi. Havola:
https://h5p.org/
Boshqa shunga o‗xshash dasturlar: Animoto (https://animoto.com), Vialogues
(https://vialogues.com), Helloeko (https://helloeko.com), Vizia (https://vizia.co).