57
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
dasturlar hisoblanadi. Misollar: Microsoft Word, Word Perfect, ChiWriter, Multi-
Edit, Open Office va boshqalar.
Taqdimot tayyorlarlash dasturi
bu MS PowerPoint. Aynan shu dastur
o‗qituvchilar tomonidan o‗quv taqdimotlarini yaratish va qo‗llash uchun keng
miqyosda qo‗llaniladi. Boshqa dasturlar: Prezi, SlideRocet, VoiceThread va
boshqalar.
Jadval muharrirlari
– bu ma‘lumotlarni jadvallar ko‗rinishida taqdim etish,
matematik ma‘lumotlarni qayta ishlash, ma‘lumotlarni vizuallashtirish va
diagrammalar yaratish uchun mo‗ljallangan dasturlar. Misollar: Microsoft Excel,
Lotus, Quattro Pro va boshqalar.
Grafik muharrirlar
grafik tasvirlarni yaratish, grafik hujjatlarni, shu
jumladan diagrammalar, rasmlar, chizmalar, jadvallarni qayta ishlash uchun
mo‗ljallangan. Ushbu muharrirlar har qanday tasvirning o‗lchamini, harakatini,
rangi va fonini, deformatsiyasini boshqarishga imkon beradi. Misollar: Windows
operatsion tizimining standart dasturlarining bir qismi bo‗lgan Paint grafik
muharriri, Corel DRAW, Adobe PhotoShop va Adobe Illustrator to‗plamlari.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT)
murakkab tuzilishga ega
bo‗lgan ma‘lumotlar bilan ishlash uchun mo‗ljallangan. Ular ma‘lumotlar bazasini
yaratish, uni dastlabki ma‘lumotlar bilan to‗ldirish, keyinchalik ma‘lumotlarni
to‗ldirish va o‗zgartirish, shuningdek ma‘lumotlar bazalarida qidirishni tashkil
qilish uchun xizmat qiladi. Misollar: Microsoft Microsoft Access, Microsoft
FoxPro, Paradox (Borland korporatsiyalari), shuningdek Oracle, Informix, Sybase
kompaniyalarining MBBT va boshqalar.