58
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
yaratilgan taqdimotni namoyish etadigan onlayn tadbirlar tashkil qilish uchun
ilovasi mavjud. Ilova tadbirlarda ishtirok etish to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni
to‗playdi (ishtirokchilar, yig‗ilish hisobotlari, ishtirok etish ko‗rsatkichlari).
Amalga oshirilgan tadbir to‗g‗risidagi ma‘lumotlar avtomatik ravishda CRM
(axborotni hisobga olish va saqlash tizimlari) da ro‗yxatga olinadi. Mahsulotning
faqat demo versiyasi bepul. Havola: https://www.clearslide.com/
VoiceThread
– bu media to‗plamlarini joylashtirish imkonini beruvchi veb-
xizmat hisoblanadi. Masalan: grafikalar, videolar, hujjatlar, taqdimotlar. Matn,
audio yoki video formatida sharhlar yaratish, ekrandagi kerakli joylarni, shu
jumladan videoni ajratib ko‗rsatish vositalari mavjud. Sharhlarni mikrofon, veb-
kamera, telefon yoki audio fayllarni yuklash orqali yozib olishingiz mumkin.
Havola:
https://voicethread.com/
TopHat
– universal o‗quv platformasi o‗qituvchilarga talabalar faolligini
oshirish maqsadida qiziqarli va interaktiv taqdimotlar yaratish imkonini beradi.
Taqdimotda turli multimedia elementlaridan foydalanish mumkin. O‗qituvchi fan
bo‗yicha bilimlarini sinab ko‗rish, o‗rnatilgan baholash tizimidan foydalanish
imkoniyatiga ega. Ushbu vosita mavzuni tushunish darajasini va yomon
o‗rganilgan materialni darhol aniqlash, qiynalayotgan talabalarni aniqlash uchun
keyingi mavzu yoki bo‗limni tugatgandan so‗ng bilimlarni muntazam ravishda
nazorat qilish uchun foydalidir. Havola: https://tophat.com/