|
Grafika va infografika yaratish vositalariBog'liq Raqamli kompetGrafika va infografika yaratish vositalari
Canva
– minglab shablonlarni o‗zida mujassam etgan onlayn grafik yaratish
platformasi. Siz shablon va manbalar kutubxonasiga, jumladan, tematik
mavzulariga kirishingiz mumkin. Tahrirlanadigan shablonlar asosida tezda
tasvirlar, grafikalar, infografika yaratish uchun foydalaniladi. Yaratish uchun
kerakli shablonni tanlashingiz kerak: tashrif qog‗ozi, taqdimot, otkritka, flaer,
buklet, ijtimoiy tarmoqdagi post uchun illustrasiya va boshqalar. Keyin uni veb-
brauzeringizda o‗zingizning xohishingizga ko‗ra tahrirlang. Masalan: rang
sxemasini, matnni, fonni, ishlatilgan rasmlarni o‗zgartirish. Tayyor grafiklarni
elektron pochta orqali yuborish va ijtimoiy tarmoqlarda nashr qilish uchun
kompyuterga yoki yuqori sifatli bosma mahsulotlarni (plakatlar, kalendarlar,
bukletlar va boshqalar) yuqori aniqlikdagi chop etish uchun fayl sifatida yuklab
olish mumkin. Havola:
https://www.canva.com/
PosterMyWall
– o‗qitish loyihalari uchun grafikalar, plakatlar va videolar
yaratish uchun onlayn platforma. PosterMyWall turli mavzularda tasvir va video
shablonlari kutubxonasi bilan birga keladi. Platforma turli plakatlar, flaerlar,
ijtimoiy media grafikalari, bosma bannerlar, veb-bannerlar, onlayn reklama
shablonlari va boshqalarni taklif etadi. Shablonni o‗zgartirish va tahrirlash
mumkin. O‗qituvchilar uchun PosterMyWall bepul, reklamasiz sinf hisoblarini
taklif qiladi, bu sizga loyiha ishlarini tashkil qilish imkonini beradi. Talabalar
ro‗yxatdan o‗tishlari shart emas va faqat ular uchun mavjud bo‗lgan tarkibni
ko‗rishlari mumkin. Bu shaxsiy ma‘lumotlarni himoya qilish uchun muhimdir.
Havola:
https://www.postermywall.com/
Piktochart
– bu o‗qituvchilar va talabalar tomonidan turli xil ta‘lim
|
| |