• Mentimeter.com
  •   BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ




    Download 5,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/117
    Sana13.05.2024
    Hajmi5,98 Mb.
    #229116
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   117
    Bog'liq
    Raqamli kompet

    61 
    BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ 
    https://webanketa.com/
      
    Simpoll
    – bu so‗rovnoma, ovoz berish va testlarni yaratish va o‗tkazish 
    xizmati. Mazkur xizmatdan foydalanib, siz har qanday murakkablikdagi 
    so‗rovnoma va test yaratishingiz mumkin. Onlayn test konstruktori har qanday 
    murakkablikdagi testni onlayn tarzda osongina va tezda yaratishga imkon beradi. 
    Uning yordamida siz turli mavzular bo‗yicha testlar yaratishingiz mumkin: 
    talabalar bilimini tekshirish, psixologik testlar, so‗rovnomalar o‗tkazish va hk. 
    Havola: https://simpoll.ru/ 
    Mentimeter.com
    – real vaqt rejimida so‗rovnomalar yaratish va taqdimot 
    formatida ovoz berish uchun bepul va oddiy onlayn xizmat hisoblanadi. Dars 
    jarayonida, konferensiyada nutq so‗zlashda tinglovchilardan fikr-mulohazalarni 
    olish uchun foydalanish juda qulay. Siz tayyor namunadan foydalanishingiz yoki 
    o‗zingizning interaktiv taqdimotingizni yaratishingiz mumkin. Xizmat har bir 
    so‗rovnomaga identifikatsiya raqamini beradi, ishtirokchilar real vaqt rejimida 
    ovoz berishlari mumkin. Buning uchun saytiga o‗tish va so‗rovnoma raqamini 
    kiritish talab etiladi. To‗g‗ridan-to‗g‗ri PowerPoint-da so‗rovnomalar yaratish 
    uchun maxsus plagin mavjud. Savollarga javob berishda mobil telefondan 
    foydalanish lozim. Havola: https://www.mentimeter.com/ 
    Test-sinovlarini yaratish tizimlari doimiy ravishda takomillashtirilmoqda, 
    keng imkoniyatlarga ega yangilari paydo bo‗lmoqda. Sun‘iy intellektni test 
    tizimlari bilan integratsiyalashuvi nafaqat o‗quv faoliyati natijalarini baholashga, 
    balki talabaning javoblaridagi xato va qiyinchiliklarni qayd etishga, eng ko‗p 
    uchraydigan qiyinchilik va xatolarni aniqlashga, talabaning noto‗g‗ri harakatlari 
    sabablarini aniqlashga va tegishli sharhlarni taqdim etishga, talabalarga tavsiyalar 
    berish va o‗qituvchilarga umumlashtirilgan ma‘lumotlar olishga imkon beradi. 
    Intellektual tizimlar o‗z-o‗zini o‗rganish imkoniyati bilan ajralib turadi. Shuning 
    uchun bunday tizimlardan foydalanish bilimlarni o‗zlashtirish darajasini yanada 
    aniqroq diagnostika qilishga va individual ta‘lim effektlarini shakllantirishga 
    yordam beradi.

    Download 5,98 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   117




    Download 5,98 Mb.
    Pdf ko'rish