• Google bulutli xizmati
  •   BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ




    Download 5,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/117
    Sana13.05.2024
    Hajmi5,98 Mb.
    #229116
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   117
    Bog'liq
    Raqamli kompet

    69 
    BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ 
    -
    multimedia texnologiyalari va laboratoriya majmualari; 
    -
    telekommunikatsiya tizimlari (elektron pochta, telekonferensiyalar); 
    -
    elektron kutubxonalar va boshqalar. 
    Zamonaviy ta‘lim jarayonida bulutli texnologiyalarning qo‗llashning didaktik 
    imkoniyatlari quyidagilardan iborat: 
    -
    o‗qituvchilar va talabalar jamoasining birgalikdagi ishlashini tashkil etish 
    imkoniyati; 
    -
    o‗qituvchilar va talabalar uchun har xil turdagi va maqsadli hujjatlarni 
    almashish va tahrirlash imkoniyati; 
    -
    interaktiv darslar va jamoaviy o‗qitishni tashkil etish; 
    -
    ―auditoriya hajmi‖ va ―mashg‗ulotlar uchun vaqt‖ kabi cheklovlardan xoli 
    ravishda talabalar tomonidan mustaqil ishlar, shu jumladan jamoaviy loyihalarni 
    bajarilishi; 
    -
    geografik joylashuvidan qat‘i nazar hamkorlikda ishlash; 
    -
    ma‘lum fan sohalari bo‗yicha vebga yo‗naltirilgan ta‘lim (o‗qish, virtual 
    ta‘lim muhiti) ni yaratish (yangi resurslarni qo‗shish mexanizmlari; modellashtirish 
    vositalariga interaktiv kirish; axborot resurslari; foydalanuvchini qo‗llab-
    quvvatlash va boshqalar). 
    Foydalanuvchilarning bulutli texnologiyalarga bo‗lgan qiziqishi tobora ortib 
    bormoqda. Hozirgi vaqtda dunyoning ko‗pgina rivojlangan mamlakatlarida 
    "bulutli" xizmatlardan foydalanish amaliyoti keng joriy etilmoqda. 
    Google bulutli xizmati 
    Ushbu xizmatlar Microsoft, Google va Amazon kabi global sotuvchilar 
    tomonidan taqdim etiladi. Google misolida ta‘lim muassasalariga ba‘zi "bulutli" 
    xizmatlarni taqdim etish konsepsiyasini ko‗rib chiqamiz. 
     
    3.1.2-rasm. 
    Google papkalarida siz hujjatlar, taqdimotlar, jadvallar, rasmlarni saqlashingiz 
    mumkin. Fayllar guruhlarga bo‗linadi: "barcha fayllar", "yashirin fayllar", 
    "o‗chirilgan fayllar", "belgilangan fayllar". 



    Download 5,98 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   117




    Download 5,98 Mb.
    Pdf ko'rish