82
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
1. Translyatsiya o„tkazish xizmati (ma‟ruzachi interfeysi)
Mazkur xizmat orqali ma‘ruzachi translyatsiya qiladi. Bu faqat brauzerda
ishlaydigan xizmat yoki o‗rnatilgan dastur - videokoder bo‗lishi mumkin.
Xizmatni tanlash parametrlari:
•
Ekran taqdimoti imkoniyati
•
Boshqa ma’ruzachilarni taklif qilish imkoniyati
•
Interfeys qulayligi
Odatda ma‘ruzachi brauzer orqali faqat o‗zini ko‗rsata oladi. Bunday holatda,
boshqa ma‘ruzachi yoki taqdimotni ulashning imkoni yo‗q. Ammo interfeys bilan
ishlash sodda va tushunarli.
Videokoderlar translyatsiyani moslashuvchan ravishda sozlash imkonini
beradi:
•
Translyatsiya paytida ma’ruzachini bir vaqtning o‘zida o‘zini ham
taqdimotni ham ko‘rsata olishi.
•
Traslyatsiya uchun bir nechta kameralardan yoki turli rakurslardan
foydalanish.
•
Jonli efirni ikkita ma’ruzachi olib borish.
Videokoderlarning kamchiliklari shundaki, ularning interfeysi ancha
murakkab va uni aniqlash uchun vaqt talab etiladi.
2. Onlayn translyatsiya (video o
q
im
)
Ma‘ruzachi translyatsiyani ko‗plab tomoshabinlarga yetkazishi uchun
ma‘ruzachi va tomoshabin o‗rtasida video oqimni efirga uzatishga imkon
beradigan kanal bo‗lishi lozim. Bu holda ma‘ruzachi, o‗z navbatida, efirga
uzatiladigan xizmatni (dasturni) ko‗radi, tomoshabin vebinar xonasini ko‗radi,
onlayn translyatsiya (video oqim) bularning barchasini birlashtiradi.
3. Vebinar xonasi (tomoshabin interfeysi)
Vebinar xonasining ajralmas elementlari: vebinar onlayn translyatsiyasi va
vebinar ishtirokchilari sharh qoldirishlari uchun chat.
Vebinar xonasida ularning turlariga qarab boshqa bir qator elementlarni
ko‗rishimiz mumkin:
•