83
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
1. Xizmatning o„zi.
Bunday holda, xizmatning o‗zi uchta element sifatida
ishlaydi. Masalan, YouTube da vebinarni o‗tkazish ushbu turga kiradi.
2. Saytga translyatsiyani joylashtirish.
Buning uchun, odatda, YouTube va
veb-sayt yaratuvchisining kombinatsiyasi qo‗llaniladi. Ushbu turdagi vebinarlar
xonasidan foydalanish uchun sizning kanalingizda
3.
Saytga translyatsiyani joylashtirish
funksiyasi yoqilgan bo‗lishi kerak.
Agar siz ushbu parametrni sozlamagan bo‗lsangiz, unda siz kanal egasi sifatida
hech narsani sezmaysiz. Agar siz vebinar tashkil qilsangiz va uni inkognito
rejimiga kirsangiz, videoning siz uchun mavjud emasligini ko‗rasiz.
Tomoshabinlar translyatsiyani ham ko‗rishmaydi. Shuning uchun, akkaunt
imkoniyatlarini diqqat bilan tekshirish lozim.
6.2. Onlayn mashg„ulotlarni o„tkazish uchun mavjud platformalar va
xizmatlar paketlari
Vebinarlardagi bloklar standart tarzda joylashtirilgan. Bularning afzalligini
qo‗yidagicha izohlash mumkin:
•
Bu ishni soddalashtiradi, faqat kerakli sozlamalarni o‘rnatish qoladi.
•
Vebinar ishtirokchilari uchun bloklarning bunday joylashuvi tanish va
qulaydir.
Vebinarni o‗tkazish turini tanlashdi quyidagi parametrlarga e‘tibor berish
lozim:
•
Chat.
•
Dinamik va sotuv bloklarni qo‘shish imkoniyati.
•
Turli xil qurilmalardan foydalanish imkoniyati.
•
Foydalanuvchilarga qulaylik.
•
Vebinar ishtirokchilarining maksimal soni.
•
Barqarorlik.
•
Avtomatik vebinar yaratish imkoniyati.
•
Narxi.
•
Tahlilning mavjudligi.
Hozirgi paytda onlayn mashg‗ulotlarni tashkil etishda turli vebinar xizmatlari
mavjud.
Pandemiya davrida Zoom video konferensiya dasturlaridan foydalanish
ommalashdi. Dasturiy ta‘minot yordamida to‗g‗ridan-to‗g‗ri havola orqali tashrif
buyurish mumkin bo‗lgan yopiq video suhbatlarni ishga tushirish imkoniyatini
beradi. To‗lovsiz 100 tagacha ishtirokchi bilan bog‗lanish va 40 daqiqagacha
suhbatlar o‗tkazishga ruxsat beriladi. Asosiy xususiyatlari "kutish xonalari" ni
yaratish va fonni almashtirish hisoblanadi.