Resurs bilan ishlash algoritmi
https://h5p.org/
xizmati bilan ishlashni boshlash uchun ro‗yxatdan o‗tish
kerak. Ro‗yxatdan o‗tgandan so‗ng, mazkur xizmatning barcha imkoniyatlaridan
foydalanish mumkin. Xizmat turli xil raqamli vositalarni qamrab olgan bo‗lib,
ularning aksariyati juda qiziqarli.
Saytda ishni yaratib saqlaganingizdan so‗ng, siz uni ijtimoiy tarmoqlarda
baham ko‗rishingiz, havolani sayt va blogga joylashtirish uchun kod olishingiz
75
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
mumkin.
Internetda ushbu xizmat bilan ishlash bo‗yicha ko‗plab batafsil ko‗rsatmalar
mavjud.
Canva onlayn xizmati
Ta‘lim uchun chiroyli grafikalar (diagrammalar, infografika, taqdimotlar,
rezyumelar va hisobotlar) yaratish uchun kompyuteringizga biron bir dasturni
o‗rnatishingiz shart emas.
Canva
onlayn xizmati ushbu imkoniyatlarni to‗g‗ridan-
to‗g‗ri brauzerda bepul va reklamasiz taqdim etadi.
Xizmatning asosiy afzalligi interfeysning soddaligidadir.
Canva
professional
bo‗lmaganlarni hisobga olgan holda yaratilgan, shuning uchun hatto hech qachon
grafik muharrirlarga duch kelmagan foydalanuvchi ham chiroyli bezatilgan
hujjatlar va rasmlarni yaratishi mumkin.
3.1.7-rasm.
Xizmat konstruktor sifatida ishlaydi. Dizayn yangi sahifadan ham, tayyor
shablonlar asosida ham yaratilishi mumkin. Birinchi holda, bir nechta toifalarga
bo‗lingan elementlarning onlayn kutubxonasi yordam beradi: har xil shakldagi foto
ramkalar, fon, geometrik shakllar, piktogramma va klipartlar, kiritilgan
ma‘lumotlar asosida tuzilishi mumkin bo‗lgan turli xil grafikalar va diagrammalar.
76
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
3.1.8-rasm.
Vaqtni tejashni istasangiz, har bir rasm yoki hujjat formati uchun shablonlar
katalogi mavjud: rezyume, risolalar, taqdimotlar, kollajlar va boshqalar. Tayyor
maketning har qanday elementini o‗zgartirish mumkin: asl matnni o‗zingiznikiga
almashtirish, ranglar palitrasini o‗zgartirish, grafik elementlarni qo‗shish yoki olib
tashlash, o‗zingizning fotosuratlaringizni dizaynga yuklash.
|