Asosiy funksiyalari:
havola va taklifnomalar orqali shaxsiy va guruh suhbatlariga kirish;
ish stoli bilan birga video suratga olish;
video chat bilan parallel ravishda matnli xabarlarni yuborish;
ta’sir ko‘rsatish va "qo‘lni ko‘tarish" imkoniyati;
84
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
ijtimoiy tarmoqlarga uzatish.
Zoom platformasiga muqobil bo‗lgan bir nechta platformalar mavjud.
Foydalanuvchilar Zoomning bepul rejasida taklif qilmaydigan yoki faqat yuqori
darajadagi rejasida taqdim etadigan qo‗shimcha funsiyalarni xohlashlari tabiiy hol.
Masalan, 40 daqiqadan ko‗proq vaqt davomida uchrashuvlar o‗tkazish. Agar siz
pullik rejalardan biriga o‗tmasangiz, Zoom eng yaxshi variant bo‗lmasligi
mumkin.
Zoom o‗rnini bosadigan xabar almashish va videokonferensaloqa dasturini 8
tasini tahlilini keltiramiz. Ba‘zilari eng yaxshi bepul rejani taklif qilishadi,
boshqalari esa eng yaxshi funksiyalarni taklif qilishadi.
1. Google Meet
Google Meet – Zoom-ga alternativa, chunki aksariyat tashkilotlar allaqachon
boshqa G Suite vositalaridan ma‘lum darajada foydalanmoqdalar. Google Meet
uchrashuvning biroz uzoqroq davomiyligini taklif qiladi — bepul rejada 60 daqiqa
(Zoom-dan 20 daqiqa ko‗proq), barcha uchrashuv uchun bir xil maksimal
ishtirokchilarni (100) taklif qiladi.
Google Meet-ning bepul rejasi bilan ta‘minlangan boshqa xususiyatlar:
Cheksiz uchrashuvlar;
Google nutqni aniqlashga asoslangan jonli subtitrlar (faqat ingliz tilida);
Barcha qurilmalar bilan mos keladi: kompyuterlar, noutbuklar, Android va
iOS;
Tartibga solinadigan maketlar;
Tashkilotchilar uchun boshqaruv elementlari (shu jumladan ovozni o‘chirish,
ishtirokchilarni o‘chirish va mahkamlash);
Ekran namoyishi;
Gmail, Google taqvim, Office 365 va Outlook taqvim bilan integratsiya.
|