|
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZBog'liq Raqamli kompet67
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
kiradi. Ta‘limda infografikadan foydalanishni nazariiy ma‘lumotlarni anglashning
samarali usuli ekanligini aynan Tufte tadqiq etgan.
Matnni chizmaga aylantirishda o‗quvchi yozilganlarni tushunadi va yaxshi
idrok etadi. ―Vizual fikrlash‖ atamasi vizual tasvirlar xotirada uzoq vaqt saqlanib
qolishi sababli vujudga keldi.
Infografika – bu axborot dizayni shakllaridan biridir.
Axborot dizayni
– bu ergonomikani, funksionallikni, insonning axborotni
idrok etishining psixologik mezonlarini, axborotni taqdim etishning vizual
shakllari estetikasini va boshqa omillarni hisobga olgan dizaynning bir sohasi
hisoblanib, badiiy-texnik dizayn va turli xil ma‘lumotlarni taqdim etish
amaliyotidir.
Axborot dizaynining maqsadi – aloqa aniqligi, ya‘ni xabar nafaqat
jo‗natuvchi tomonidan aniq yetkazilishi, balki uni qabul qiluvchi tomonidan
to‗g‗ri tushunilishini ta‘minlashdan iborat.
Infografika yaratish texnologiyasi
1-qadam - infografika yordamida erishiladigan maqsad va vazifalarni
aniqlash (mavzu yo‗nalishiga qarab). Grafikada haqiqatda mavjud bo‗lgan
axborotlarni namoyish qilish juda oson, lekin mavhum tushunchalarni vizual
tekislikka o‗tkazish ancha qiyin va bu deyarli imkonsizligini yodda tutish lozim.
2-qadam – ma‘lumotni bo‗limlarga, qismlarga, punktlarga ajratish. Har bir
bo‗limni alohida rasm yoki grafikada taqdim etilishi lozim. Tinglovchilarga tanish
va tez-tez ishlatiladigan vizual obrazlarni tanlash lozim.
3-qadam – fokusni yaratish, ya‘ni infografikaning atrofida quriladigan asosiy
vizual metafora haqidagi hikoyani ishlab chiqish lozim. Bu sodda va hammaga
ma‘lum bo‗lishi kerak.
Professor-o‗qituvchilarni axborotni vizuallashtirish asoslariga tayyorlash
ta‘lim berish sifatini ko‗tarishga yordam beradi. Masofaviy ta‘lim
texnologiyalarini rivojlantirishning muhim elementlaridan biri - yangi axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda yuqori sifatli zamonaviy darsliklar
yaratishdir. Bunday o‗quv materiallarini talabalarga yetkazib beruvchi
diagrammalar, grafiklar va illustrasiyalardan foydalanmasdan turib taqdim etib
bo‗lmaydi.
Raqamli ta‘lim resurslarining joriy etilishi talabalar va professor-
o‗qituvchilarga turli xil o‗quv materiallaridan qulay tarzda foydalanish
imkoniyatini beradi. Oliy ta‘lim muassasalari o‗z navbatida kutubxona fondlarini
elektron kitoblar bilan to‗ldiradilar. Turdosh oliy ta‘lim muassasalari elektron
platformalarini birlashtiradilar, bu yerda ular bir-birlari bilan ta‘lim resurslarini
erkin almashish imkoniyatiga ega bo‗ladilar.
Internet texnologiyalari inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida, shu
jumladan ta‘lim sohasida muhim o‗rin egallaydi. Zamonaviy texnik vositalarning
xususiyatlari deyarli har kuni o‗zgarib va takomillashib bormoqda. Shu sababli
ta‘lim muassasalari zamonaviy kompyuterlarning yuqori suratlarda rivojlanishiga
|
| |