-amaliy topshiriq; Masofiviy ta‟lim platformalari uchun video kontent




Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/117
Sana13.05.2024
Hajmi5,98 Mb.
#229116
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   117
Bog'liq
Raqamli kompet

2-amaliy topshiriq; Masofiviy ta‟lim platformalari uchun video kontent 
yaratish 
XIX asr oxirida kino sa‘ati vujudga kelishi bilan yangi vizual aloqa usulidan 
nafaqat ko‗ngil ochish uchun, balki ta‘lim maqsadlarida ham foydalanish 
mumkinligi aniq bo‗ldi: o‗quv filmlarini yaratilishi g‗oyasi birinchi 1897 yilda 
vujudga kelgan bo‗lib, XX asrning boshida esa ko‗plab davlatlar maktablar uchun 
o‗quv filmlarini markazlashtirilgan holda ishlab chiqarishni rejalashtira 
boshladilar. 
Video format paydo bo‗lganiga bir asrdan oshdi. Shu vaqt ichida videoning 
ta‘lim maqsadlarida foydalanish uchun bir qancha tushunchalar shakllandi. 
Keling, ulardan ba‘zilarini sanab o‗tamiz: 


98 
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish 

Sodda va murakkab ko‗nikmalarni rivojlantirish, malaka oshirish va qayta 
tayyorlashning samarali vositasi bo‗lib xizmat qiladi. 

Diqqat-e‘tiborni jalb qiladi, qiziqishni oshiradi. 

Yangi va murakkab ma‘lumotlarni idrok etishni osonlashtiradi. 

Boshqa turdagi o‗quv materiallarini (matn, jadvallar, diagrammalar) 
boyitadi. 

O‗quv materialini turli nuqtai nazardan taqdim etishni osonlashtiradi. 

Real hayotda jonli ravishda namoyish etib bo‗lmaydigan hodisalar va 
vaziyatlarni (laboratoriya tajribalari, tabiiy fanlarni o‗rganish va h.k.) 
namoyish etish uchun xizmat qiladi. 

Muhokama uchun boshlang‗ich nuqtaga aylanadi. 
ATD
4
, Garvard Business Publishing Education
5
, Digital Information World
6
va Kaltura
7
tahliliy hisobotlariga ko‗ra, video format taqdimotning boshqa 
shakllari, masalan, matn bilan taqqoslaganda samarali ekanligi isbotlangan. 
Videokontent ommaviy onlayn kurslarning asosiy omili hisoblanadi. Video 
ma‘ruzalar bir qator afzalliklarga ega. 
Birinchidan, video ko‗rgazmalilikning turli ko‗rinishlarinini sintez qiladi: 
eshitish, vizual, lingvistik-vaziyat, predmet, obrazli. Amalda, videoni tomosha 
qilish, tinglash yoki o‗qish mumkin (subtitrlar). Bu esa individual (imkoniyati 
cheklanganlar) ravishda o‗qitish uchun asos yaratadi. 
Ikkinchidan, ovozli ma‘lumotlarni taqdim etishda yuz ifodalari, imo-
ishoralar, tana harakatlari, ishtirokchilarning shaxsiy va tashqi ko‗rinishlari 
muhim ahamiyatga ega.
Uchinchidan, video ko‗proq hissiy ta‘sirga ega (matn bilan taqqoslaganda). 
Bu o‗quvchilarda ijobiy his-tuyg‗ular va ta‘sirchanlikni uyg‗otadi, ularning 
motivatsiyasini oshiradi. 
4
http://sber.me/?p=XwRFC
5
http://sber.me/?p=63ndW 
6
http://sber.me/?p=gX1LH 
7
http://sber.me/?p=2zfkX) 

Download 5,98 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   117




Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-amaliy topshiriq; Masofiviy ta‟lim platformalari uchun video kontent

Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish