Bolalarni maktab ta`limiga tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari




Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana13.05.2024
Hajmi0,72 Mb.
#228167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BOLALARNI BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA MAJBURIY BIR YILLIK TAYYORLASHDA INNOVATSION YONDASHUV

1.2 Bolalarni maktab ta`limiga tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari 
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘ri sidagi Nizomga 
muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi 
orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, 
shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalar uchun 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarda, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan 
maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular haftada 2-3 marta 
shug‘ullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi. 
6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi 
bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish – 
bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda 
faoliyati uchun ko‘prik vazifasini utashini, oila yoki maktabgacha ta’lim 
tashkilotdagi ta’lim-tarbiya sharoitlarida maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni 
ta’minlash zarurligini hisobga olishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolaning 
maktab ta’limiga utishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida 
anchayin jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani yoki 
uydayok maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, 
ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Yetakchi mutaxassislarning 
fikriga ko‘ra, «Maktabga tayyorgarlik» tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning 
quyidagi yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi: 

jismoniy;

shaxsiy (ruhiy); 


aqliy; 


maxsus tayyorgarlik 
Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog‘lomligi, harakat ko‘nikmalari va sifati, 
qo‘l mushaklari va ko‘rish-motor muvofiqligi rivojlanganligi bilan izohlanadi. 
Shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, o‘simliklar dunyosiga, 
tabiiy hodisalarga munosabati, shaxsiy madaniyatning shakllanganligini nazarda 
tutadi. Aqliy tayyorgarlik bolaning obrazli va mantiqiy fikrlashi, bilimga qiziqishi, 
mustaqilligi, o‘zini-o‘zi nazorat qilishi hamda o‘quv faoliyatini kuzatish, eshitish, 
eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishini o‘z ichiga oladi. Bolaning 


20 
maktabda ta’lim olishi samarasi uning ona tilini bilishiga va nutqni qanchalik 
rivojlanganligiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Chunki butun o‘quv faoliyati shularga, 
ya’ni nutqiy-mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustaqil fikrlashi, til 
malakasining rivojlanganligi, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o‘z tasavvurini 
izohlay olish, tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosiga quriladi. Shuningdek
bolaning maktabda ta’lim olishi uchun amaliy intellekt rivoji, ya’ni uning namunani 
chizish, aytib turiladigan bayoniy topshiriqni bajarishi ham muhim sanaladi. Va 
nihoyat, maxsus tayyorgarlik bolani savodxonlikka o‘rgatish va uning maktabning 
1-sinf o‘quv dasturi materialini yetarli darajada egallash haqidagi tushunchasini 
shakllantirishni nazarda tutadi. Bolalarni maktabda o‘qitishning samaradorligi ko‘p 
jihatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog‘liq bo‘ladi. Maktabda o‘qishga 
tayyorgarlik – maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilada maktabgacha ta`lim yoshidagi 
bolaga qo‘yiladigan talablar orqali aniqlanadi. Bu talablarning o‘ziga xos tomoni 
o‘quvchining yangi ijtimoiypsixologik o‘rni bilan bog‘liq. Bola o‘z oldiga 
qo‘yiladigan vazifalarni bajarishga tayyorlangan bo‘lishi lozim. Maktabga kirish 
bola hayotidagi odatiy turmush tarzi, atrofdagilar bilan munosabat tizimining 
o‘zgarishiga aloqador muhim davrdir. Bola hayotida birinchi bor markaziy o‘rinni 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bo‘lgan 
erkin o‘yin faoliyatidan farqli ularok, endi ta’lim majburiy bo‘ladi va birinchi sinf 
o‘quvchisidan 4 ta jiddiy munosabat talab qilinadi Ta’lim faoliyatining etakchi tur i 
sifatida bolaning kundalik hayot jarayonini qayta quradi: kun tartibi o‘zgaradi, erkin 
o‘yinlar vaqti kiskaradi. Bolaning mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi va 
intizomlilikka talablar jiddiy ravishda ortadi. Maktabgacha yoshdagi bolalikka 
nisbatan o‘quvchining o‘z xatti-harakati, majburiyatlarini bajarishga shaxsiy 
ma’suliyati ancha-muncha ortadi. Bolalarni maktabga tayyorlash, birinchidan 
bolalar bog‘chasida tarbiyaviy ishni maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni 
umumiy, har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajasini ta’minlaydigan, 
ikkinchidan bolalarni maktabning boshlang‘ich sinflarida o‘zlashtirishlari lozim 
bo‘lgan o‘quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni ta’minlaydigan qilib tashkil 
etilishini nazarda tutadi. Shunga ko‘ra zamonaviy psixologik-pedagogik adabiyotda 
(A.V.Zaparojets, A.A.Venger, G.M.Lyamina, G.G.Petrogenko, J.V.Taruntaeva va 


21 
boshqalar) tayyorgarlik tushunchasi bola shaxsining rivojlantirish 
sifatida 
aniqlanadi va ikkita o‘zaro bog‘langan jihatlarda: «Maktabga o‘qishga umumiy 
psixologik tayyorgarlik» va «Maxsus tayyorgarlik» tarzida ko‘rib chiqiladi. 
Maktabga umumiy tayyorgarlik MTT ning maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni 
har tomonlama tarbiyalashga oid davomli, maqsadga muvofiq ta’limtarbiyaviy 
ishning muhim yakuni sifatida namoyon bo‘ladi. Maktabga umumiy tayyorgarlik 
bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma’naviy, estetik va jismoniy 
rivolanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab ta’limining yangi 
sharaoitlariga va o‘quv materialining ongli egallashga faol kirib borishlari uchun 
zarur asosni yaratadi. Umumiy tayyorgarlik bola maktab ta’limiga utish davriga 
kelib erishadigan psixik rivojlanishning muayyan darajasi bilan ifodalanadi. 
Psixologik tayyorgarlik tushunchasi maktab ta’limi nuqtai nazaridan 1-sinfga 
borayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko‘rsatkichlarini muvaffaqiyatli 
jamlaydi. Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik bolaning o‘qishga intilishi 
o‘quvchi bulish ishtiyoqida bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha 
yuqori darajasi bolaning o‘quv faoliyati elementlarini egallashi, iroda va ijtimoiy 
rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo‘lishda asoslangan tayyorlikni o‘z 
ichiga oladi. Bolani maktabga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari 
bolani sinf jamoasiga olib kirish, maktabda o‘quv materialini ongni faol egallash 
keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni bajarishni kamrab oladi. Bolani 
maktabga maxsus ravishda tayyorligi maktabda o‘qishga umumiy psixologik 
tayyorligiga qo‘shimchadir. U bolada matematika va ona tili kabi o‘quv fanlarini 
o‘rganish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim, ko‘nikma va malakalarning 
mavjudligiga ko‘ra aniqlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarda eng oddiy 
matematika tasavvurlarini tarkib toptirish, nutqni o‘stirish hamda savodni 
egallashga tayyorlanish yuzasidan o‘tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabda 
o‘qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta’minlaydi. Maktabga qatnaydigan 
bola yangi turmush tarziga kishilar bilan o‘zaro munosabatning yangi tizimiga, faol 
aqliy faoliyatga tayyorlangan bo‘lishi darkor. U yangi jiddiy majburiyatlarni 
uddalashi uchun jismoniy rivojlanishda muayyan darajaga erishgan bo‘lishi kerak. 
Bolaning maktabda (o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorgarlik) umumiy tayyorligi 


22 
mazmunida bir necha o‘zaro bog‘langan jihatlar mavjud bo‘lib, ulardan muhimlari 
ma’naviy, irodaviy, aqliy, jismoniy tayyorgarlikdir. 
Maktabda o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning maktabgacha bolalik 
oxiriga kelib axloqiy xatti-harakat, iroda, axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga 
yangi ijtimoiy nuqtai nazarni faol egallashiga hamda o‘zining o‘qituvchi va 
sinfdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarini axloqiy asosda qurishga imkon beradigan 
darajaga erishishida ifodalanadi. Axloqiy irodaviy tayyorlik katta maktabgacha 
ta`lim yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon 
bo‘ladi. Bu munosabatda bolaning maktabgacha tar`lim yoshi davomida 
rivojlanadigan o‘z xulq-atvorini boshqari qobiliyati: qoidani yoki tarbiyachi 
talablarini ongli bajarish, daf’atan asabiylashib ketishga erk bermaslik, qo‘yilgan 
maqsadga erishishda qat’iyatni namoyon qilish, kerakli ishni o‘ziga tortadigan, 
ammo maqsaddan chalg‘itadiganiga qarshi o‘larok bajarish ko‘nikmasi va shu 
kabilar e’tiborga loyiqdir. Bo‘lajak o‘quvchi xulq-atvoridagi ixtiyoriylikning 
rivojlanish asosini maktabgacha ta`lim yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan sabablar, 
o‘zaro buysunuvchilari tashkil qiladi. Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning 
tarkib topishida, shuningdek, katta maktabgacha ta`lim yoshidagi bola shaxsiy xulq -
atvoridagi mustaqillik uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlid ir. 
Mustaqillik bilan uzviy bog‘langan xulq-atvor qoidalarini bajarish, yangi 
sharoitlarda harakatning to‘g‘ri, odatiy usullaridan foydalanish, yordam berishga 
tayyorlik qobiliyatidir. Mustaqillik va xulqatvordagi uyushganlik intizomlilik bilan 
xulq-atvordagi maqsadga yo‘nalganlikda, o‘z faoliyatini maktabgacha ta’lim 
tashkilotda qabul qilingan qoidalarga muvofiq ongli tashkil eta bilishda, faoliyat 
natijasiga erisha bilish va uni nazorat qilish, o‘z xulq-atvorini boshqa bolalarniki 
bilan muvofiqlashtirish, o‘z xatti-harakatlari uchun shaxsiy ma’suliyatni his qilishda 
o‘z ifodasini topadi. Maktabga axloqiyirodaviy tayyorlikning boshqa muhim 
tarkibiy qismi bolaning katta yoshlilar va tengqurlari bilan o‘zaro munosabatlarini 
qoidalarga muvofiq tashkil eta bilishdir. Tajribaning ko‘rsatishicha, maktabdagi 
o‘qish sharoitlariga moslashish oldingi yillarda bolalarda «jamoatchilik» sifatlari: 
do‘stlarga nisbatan xayrixoh, hurmat bilan munosabatda bo‘lish, tashkilotchilik 
ko‘nikmalari, xushmuomalalik, g‘amxo‘rlik bildirish, o‘zaro yordamga hozirlikning 


23 
qanchalik muvaffaqiyatli shakllantirilganligiga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. 
Bola xulq-atvorida jamoachilik hislarida bunday majmuaning mavjudligi uning 
maktabga axloqiy tayyorgarligining ko‘rsatkichi bo‘la oladi va yangi jamoada 
tengqurlari bilan muomalada ko‘tarinki, ijobiy ruhni yuzaga keltiradi. Maktabga 
axloqiy-irodaviy tayyorlik, shuningdek, axloqiy hissiyot va bola ongi rivojining 
muayyan darajasi bilan ham ifodalanadi. Bu o‘rinda eng ibratlisi bolalarning axloqiy 
xulq-atvorining ijtimoiy ahamiyatini tushunish, ularda o‘z xatti-harakatlarini 
mustaqil baholash qobilyatini rivojlantirish, ma’suliyat, haqgo‘ylik, insoniylik va 
fuqarolik hissiyotlari elementlarini shakllantiridir. Axloqiy-irodaviy tayyorlik 
tarkibiga maktabgacha ta`lim yoshidagi bolaning mehnatga munosabatini 
ifodalovchi sifatlar majmui ham kiradi. Bu mehnat qilish ishtiyoqi, atrofdagilar 
mehnatiga hurmat, zarur mehnat malakalarini egallashdir.
Maktabga aqliy tayyorlikning muhim tarkibiy qismi maktabga o‘qishga 
kirayotgan bolada atrof, dunyo haqida yetarlicha keng bilish boyligining mavjud 
bo‘lishidir. Bilimlarning bu fondi o‘qituvchi o‘z ishini tashkil etishda tayanadigan 
zarur asos hisoblanadi. Bolani maktabga aqliy tayyorligida bolalar egallagan 
bilimlarning sifati ahamiyatlidir.
Bilimlar sifatining ko‘rsatkichi birinchi navbatda ularni bolalar tomonidan 
ongli egallaganligi; 
tasavvurlarining 
aniq va tabaqalashtirilganligi; 
oddiy 
tushunchlar mazmuni va hajmining to‘liqligi; o‘zlariga tushunarli o‘quv va amaliy 
vazifalarni hal etishda bilimlarni mustaqil qo‘llay olish qobiliyatlari; muntazamlilik, 
ya’ni maktabgacha ta`lim yoshidagilarning narsa va hodisalar o‘rtasidagi tushunarli, 
muhim aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish qobiliyatidir. Bola maktabga 
aqliy tayyorgarligining tarkibiy qismi bola bilish faoliyatini muayyan darajada 
rivojlangan bo‘lishidir. Bu o‘rinda, birinchidan, bilish jarayonining o‘sib boruvchi 
ixtiyoriyligi; materialni ma’no jihatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, 
narsa va hodisalarni rejali idrok etish, qo‘yilgan bilish va amaliy masalalarni 
maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati va shu kabilar; ikkinchidan, bilish jarayonlari 
sifatini oshirish: sezgilarning aniqligi, idrokning to‘liq va tabaqalashtirilganligi, 
eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi; uchinchidan, bolada atrof-
dunyoga bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda o‘qishga intilishning 


24 
mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabga aqliy tayyorlikni shakllantirishda 
bo‘lajak o‘quvchi tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhim ahamiyatga ega. 
MTTning bolalarni aqliy tarbiyalashga oid olib borayotgan muntazam, maqsadga 
muvofiq ish sharoitlarida bolalarda (faoliyat) tafakkur faoliyatida narsalarning ko‘p 
tomonlama tahlil qilish qobiliyati, ijtimoiy tarkib topgan sensor etalonlardan fan 
hamda hodisalar xususiyat va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va 
hodisalardagi asosiy aloqa, bog‘liq lik, belgilarni aniqlash asosida oddiy 
umumlashtirishlar qilish qobiliyati, o‘xshashlik va farqlanuvchi belgilarni izchil 
ajratish asosida narsalarni qiyoslashni amalga oshirish ko‘nikmasi tarkib toptiriladi. 
Bo‘lajak o‘quvchilarda aqliy faoliyatning elementar mustaqilligi: o‘z amaliy 
faoliyatni mustaqil rejalashtirish va uni reja asosida amalga oshirish ko‘nikmasi, 
oddiy bilish vazifasini qo‘yish va uni hal etish ko‘nikmasi va shu kabilar 
rivojlantiriladi. Maktabda aqliy tayyorlik, shuningdek, bolalar tomonidan o‘quv 
faoliyati elementlarining egallab olinishini ham o‘z ichiga oladi. 
Bolalar muntazam ta’lim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga kelib, 
o‘quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli o‘quv vazifasini qabul 
qilish, tarbiyachining ko‘rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni ishni kattalar 
tomonidan ko‘rsatilgan usullaridan foydalanib bajarib bir natijaga erishish, o‘z 
faoliyati, xulq-atvori, topshiriqlarni bajarish sifati ustidan nazorat qilish 
ko‘nikmasini, o‘zining va boshqa bolalarning ishlariga tankidiy baho berish 
qobiliyatini, egallab olishlari kerak. Nutqning qanchalik yuqori darajada rivojlangan 
bo‘lishi bola maktabga aqliy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Tovushni aniq talaffuz qilish, lug‘atning boyligi, o‘z fikrini mantiqiy va grammatik 
to‘g‘ri bayon qila bilish, madaniy nutq muomalasi – bularning barchasi maktabda 
muvaffaqiyatli o‘qishning zaruriy sharti hisoblanadi. Aqliy tayyorlik tarkibiga, 
shuningdek, savodning boshlang‘ich asoslari, oddiy matematik tasavvurlar, ona tili 
yetarlicha keng bilim, ko‘nikma va malakalar doirasi ham kiradi. Shunday qilib, 
maktabdagi o‘qishga aqliy tayyorlik bolalarni aqliy va nutqiy rivojlantirishning 
o‘zaro bog‘langan tarkibiy qismlardan tarkib topadi. Bilish faoliyati, bilish 
qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof dunyo haqidagi anglangan tizimlashtirilgan 
tasavvurlar hamda elementlar tasavvurlar, nutq va elementar o‘quv faoliyati umumiy 


25 
darajasining birligi bolalarda maktabdagi o‘quv materialini egallashga aqliy 
tayyorlikni vujudga keltiradi. 
Bolaning maktabda o‘qishga jismoniy tayyorligi o‘qishning muvaffaqiyatli 
bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. Maktabga chiqish munosabati bilan bola 
turmush tarzining qayta qurilishi, kun tartibining o‘zgarishi, jiddiy o‘quv mehnati, 
darslarning davomiyligi undan sezilarli jismoniy zo‘r berishni talab qiladi. 
Maktabga jismoniy tayyorlik ko‘pgina tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Bu, 
birinchi navbatda, bola salomatligining yaxshi bo‘lishi, organizmning chiniqqanligi, 
ma’lum darajada chidamliligi va ish qobiliyati, kasalliklarga qarshilik ko‘rsata 
olishidir. Bolalarni maktabga tayyorlashda barmoq mayda muskullarining 
rivojlanishi alohida o‘rin egallaydiki, bu yozuvni muvaffaqiyatli egallashning 
zaruriy shartidir. Maktabga jismoniy tayyorlik,shuningdek, bola tomonidan madaniy 
gigiyenik malakalarni egallanishini, ularda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish 
odatini tarbiyalashni nazarda tutadi. Jismoniy tayyorlik bolada maktabga yetuklikni 
shakllantirishning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Maktabga yetuklikni aniqlashda 
bola sog‘ligining holati va organizmning biologik yetukligini baholash 
(antropometrik ko‘rsatkichlar, suyak, mushak, nafas olish va yurak-tomir 
tizimining) rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko‘p omilli tahlildan, maktabga 
funksional tayyorlikning, «Maktabga yetuklik»ning asosiy ko‘rsatkichi va, eng 
avvalo, bir qator fiziologik funksiyalarining rivojlanish darajasini baholashdan 
foydalaniladi. Bularga: partada anchagina uzoq muddat o‘tirish uchun zarur 
bo‘ladigan tormozlanish qobiliyatining rivojlanganligi; harakatlarni yaxshi 
boshqarish, jumladan, yozish va rasm solishga aloqador grafik vazifalarni bajarishda 
zarur bo‘ladigan barmoqlarning mayda harakatlari; ijobiy va tormozlanishiga xos 
shartli aloqalarni nisbatan tez hosil qilish hamda mustahkamlash, shuningdek, 
ikkinchi signal tizimning yetarlicha rivojlanganligi kiradi.
Bolalarni tekshirish ularni maktabda olti yoshdan o‘qishlari mumkinligini 
aniqlash imkonini beradi. Bolalarning maktabga jismoniy tayyorliklarini tekshirish 
natijasi ko‘pchilik bolalarda uning asosiy ko‘rsatkichlari me’yor atrofida ekanligini 
va hatto undan ilgarilashini ko‘rsatdi. Kun tartibi, chiniqtiruvchi muolajalar, 
muntazam jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, xilma-xil harakatli o‘yinlar va jismoniy 


26 
mashqlar, faol harakat rejimi bolalarning maktabda o‘qishga jismoniy tayyorligini 
ta’minlashning zaruriy shartlari hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga 
muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi 
orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, 
shuningdek MTTlariga jalb qilinmagan bolalar uchun MTTlarda, maktablarda, 
mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular 
haftada 2-3 marta shug‘ullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta’lim shaklini 
tanlash huquqi beriladi. 
6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha 
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug`ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish 
- bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda 
faoliyati uchun ko‘prik vazifasini o‘tashini, oila yoki MTTdagi ta’lim-tarbiya 
sharoitlarida maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni ta’minlash zarurligini hisobga 
olishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha 
uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o‘zgarishlarni 
yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, 
uni uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirip 
kerak bo‘ladi. 
Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog`lomligi, harakat ko‘nikmalari va sifati, 
qo‘l mushaklari va kurish-motor muvofiqligi rivojlanganligi bilan izohlanadi. 
Shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, o‘simliklar dunyosiga, 
tabiiy hodisalarga, shaxsiy madaniyatni shakllanganligini nazarda tutadi. Aqliy 
tayyorgarlik bola obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvo‘rning, odamiylikning, 
bilimga qiziqishning, mustaqilligining, o‘zini-o‘zi nazorat qilishga, hamda o‘quv 
faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishni 
o‘z ichiga oladi. Bolaning maktabda ta’lim olishi samarasi uning ona tilini bilishiga 
va nutqni qanchalik rivojlanganligiga ko‘proq bog`liq bo‘ladi. Chunki butun o‘quv 
faoliyati shularga, ya’ni nutqiy mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz 
mustaqil fikrlashi, til rivojlanganligi yutuqlarida erkin foydalana olishi, hikoya 
qilish, mulohaza yuritish, uz tasavvurini izohlay olish, tushunarli qilib bayon etish 


27 
kabi omillar asosiga kuriladi. Shuningdek, bolaning maktabda ta’lim olishi uchun 
amaliy intellekt rivoji, ya’ni uning namunani chizish, aytib turiladigan bayoniy 
topshiriqni bajarishi ham muhim sanaladi. 
Bolalarni maktabda o‘qitishning samaradorligi ko‘p jihatdan ularning 
tayyorgarlik darajalariga bog‘liq bo‘ladi. Maktabda o‘qishga tayyorgarlik MTT va 
oilada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga qo‘yadigan talablar orqali aniqlanadi. 
Maktabga umumiy tayyorgarlik MTT ning maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni 
har tomonlama tarbiyalashga oid davomli, maqsadga muvofiq ta’limtarbiyaviy 
ishning muhim yakuni sifatida namoyon bo‘ladi. Maktabga umumiy tayyorgarlik 
bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma’naviy, estetik va jismoniy 
rivolanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab ta’limining yangi 
sharaoitlariga va o‘quv materialining ongli egallashga faol kirib borishlari uchun 
zarur asosni yaratadi. Umumiy tayyorgarlik bola maktab ta’limiga o‘tish davriga 
kelib erishadigan psixik rivojlanishning muayyan darajasi bilan ifodalanadi. 
Psixologik tayyorgarlik tushunchasi maktab ta’limi nuqtai-nazaridan 1 sinfga 
borayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko‘rsatkichlarini muvoffaqiyatli 
jamlaydi. 
Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik bolaning o‘qishga intilishi o‘quvchi 
bulish ishtirokida bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori 
darajasi bolaning o‘quv faoliyati elementlarini egallashi iroda va ijtimoiy 
rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo‘lishda asoslangan tayyorlikni uz 
ichiga oladi. Bolani maktabga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari 
bolani sinf jamoasiga olib kirish maktabda o‘quv materialini ongni faol egallash 
keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni bajarishni kamrab oladi. Bolani 
maktabga maxsus ravishda tayyorligi maktabda o‘qishga umumiy psixologik 
tayyorligiga qo‘shimchadir. U bolada matematika va ona tili kabi o‘quv fanlarini 
o‘rganish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim, ko‘nikma va malakalarning 
mavjudligiga ko‘ra aniqlanadi. MTTda bolalarda eng oddiy matematika 
tasavvurlarini tarkib toptirish, nutqni o‘stirish hamda savodni egallashga 
tayyorlanish yuzasidan o‘tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabda o‘qishga maxsus 
tayyorlashning zarur darajasini ta’minlaydi. 


28 
Maktabga qatnaydigan bola yangi turmush tarziga kishilar bilan o‘zaro 
munosabatning yangi tizimiga, faol aqliy faoliyatga tayyorlanga bo‘lishi darkor. U 
yangi jiddyy majburiyatlarni uddalashi uchun jismoniy rivojlanishda muayyan 
darajaga erishgan bo‘lishi kerak. Bolaning maktabda (o‘qishga axloqiy-irodaviy 
tayyorgarlik) umumiy tayyorligi mazmunida bir necha uz aro bog‘langan jihatlar 
mavjud bo‘lib, ulardan muhimlari ma’naviy, irodaviy, aqliy, jismoniy 
tayyorgarlikdir. 
Maktabda o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning maktabgacha bolalik 
oxiriga kelib axloqiy xatti-harakat, iroda, axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga 
yangi ijtimoiy nuqtai-nazarni faol egallashiga hamda o‘zining o‘qituvchi va 
sinfdoshlari bilan uz aro munosabatlarini axloqiy asosda ko‘rishga imkon beradigan 
darajaga erishishida ifodalanadi. Axloqiy irodaviy tayyorlik katta maktabgacha 
ta`lim yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon 
bo‘ladi. Bu munosabatda bolaning maktabgacha ta`lim yoshi davomida 
rivojlanadigan o‘z xulq-atvorini boshqari qobiliyati: qoidani yoki tarbiyachi 
talabalarini ongli bajarish, daf’atan asabiylashib ketishiga erk bermaslik, qo‘yilgan 
maqsadga erishishda qat’iyatni namoyon qilish, kerakli ishni o‘ziga tortadigan, 
ammo maqsaddan chalgitadiganiga qarshi ularoq bajarish ko‘nikmasi va shu kabilar 
e’tiborga loyiqtsir. Bo‘lajak o‘quvchi xulq-atvordagi ixtiyoriylikning rivojlanish 
asosini maktabgacha ta`lim yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan sabablar, o‘zaro 
buysunuvchilari tashkil qiladi. Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning harf 
topishida, shuningdek katta maktabgacha ta`lim yoshidagi bola shaxsiy xulq 
atvoridagi mustaqillik uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlidir. 
Mustaqillik bilan uzviy bog‘langan xulq-atvor qoidalarini bajarish, yangi 
sharoitlarda harakatning to‘g‘ri odatiy usularidan foydalanish, yordam berishga 
tayyorlik qobiliyatidir. Mustaqillik va xulq-atvordagi uyushganli va intizomlilik 
bilan xulq-atvordagi maqsadga yo‘nalganlikda, o‘z faoliyatini MTTda qabul 
qilingan qoidalarga muvofiq ongli tashkil eta bilishda, faoliyat natijasiga erisha 
bilish va uni nazorat qilish, o‘z xulq-atvorini boshqa bolalarniki bilan 
muvofiqlashtirish, o‘z xatti-harakatlari uchun shaxsiy ma’suliyatni his qilishda o‘z 
ifodasini topadi. Bolaning maktabga aqliy tayyorligida bolalar egallagan 


29 
bilimlarning sifati ahamiyatlidir. Bilimlar sifatining ko‘rsatkichi, birinchi navbatda, 
ularning bolalar tomonidan ongli egallaganligi; 
tasavvurlarining 
aniq va 
tabaqalashtirilganligi; oddiy tushunchlar mazmuni va hajmining to‘liqligi; o‘zlariga 
tushunarli o‘quv, va amaliy vazifalarni hal etishda bilimlarni mustaqil qo‘llay olish 
qobiliyatlari; muntazamlilik, ya’ni maktabgacha ta`lim yoshidagilarning narsa va 
hodisalar o‘rtasidagi tushunarli, muhim aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish 
qobiliyatidir. 
Maktabga aqliy tayyorgarlikni shakllantirishda bo‘lajak o‘quvchi tafakkur 
faoliyatining umumiy darajasi muhim ahamiyatga ega.
Maktabgacha ta`lim tashkilotining bolalarni aqliy tarbiyalashga oid olib 
borayotgan muntazam, maqsadga muvofiq ish sharoitlarida bolalarda (faoliyat) 
tafakkur faoliyatida narsalarning ko‘p tomonlama tahlil qilish qobiliyati, ijtimoiy 
tarkib topgan sensor etalonlardan fan hamda hodisalar xususiyat va sifatlarini tadqiq 
qilishda foydalana bilish narsa va hodisalardagi asosiy aloqa, bog`liglik, belgilarni 
aniqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish qobiliyani, o‘xshashlik va 
farqlanuvchi belgilarni izchil ajratish asosida narsalarni qiyoslashni amalga oshirish 
ko‘nikmasi tarkib toptiriladi. Bo‘lajak o‘quvchilarda aqliy faoliyatning elementar 
mustaqilligi: o‘z amaliy faoliyatni mustaqil rejalashtirish va uni reja asosida amalga 
oshirish ko‘nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo‘yib va uni hal etish ko‘nikmasi va 
shu kabilar rivojlantiriladi. Maktabda aqliy tayyorlik, shuningdek, bolalar 
tomonidan o‘quv faoliyati elementlarining egallab olinishini ham o‘z ichiga oladi.
Bolalar muntazam ta’lim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga kelib, 
o‘quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli o‘quv vazifasini qabul 
qilish, tarbiyachining ko‘rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni ishni kattalar 
tomonidan ko‘rsatilgan usullaridan foydalanib bajarib bir natijaga erishish, o‘z 
faoliyati, xulq-atvori, topshiriqlarni bajarish sifati ustidan nazorat qilish 
ko‘nikmasini, o‘zining va boshqa bolalarning ishlariga tanqidiy baho berish 
qobiliyatini, egallab olishlari kerak. 


30 

Download 0,72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Bolalarni maktab ta`limiga tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari

Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish