• SH.M.Mirziyoyev Mavzuning dolzarbligi.
  • Tayyorlashda innovatsion yondashuv m u n d a r I j a




    Download 0,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/12
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,72 Mb.
    #228167
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    BOLALARNI BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA MAJBURIY BIR YILLIK TAYYORLASHDA INNOVATSION YONDASHUV

     
    Xulosa va tavsiyalar ............................................................................................. 
    Foydalanilgan adabiyotlar................................................................................. ... 
    Ilovalar ..……......................................................................................................... 
     



    Kirish 
    Professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga 
    puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk 
    insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. 
    SH.M.Mirziyoyev 
    Mavzuning dolzarbligi. 
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
    Mirziyoyevning 
    20.04.2017 yil 2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini 
    yanada 
    rivojlantirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qarori e’lon qilindi. Ushbu farmonda 
    Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy ta’lim 
    muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or 
    xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni 
    xorijning yetakchi ilmiy ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va 
    malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti.
    Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
    rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash 
    mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli 
    mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash shart-
    sharoitlari keltirib o‘tilgan. Hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim tizimini ham 
    modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib 
    qolmoqda. Innovatsion ta’lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to‘liq 
    mosligini ta’minlash yoshlarimizni bugungi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotga 
    muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. Kadrlar tayyorlash milliy 
    dasturini amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi hamda mazmunini 
    zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko‘zda tutadi. 
    Buning uchun, avvalo, barcha ta’lim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilg‘or, 
    ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyot bilan ta’minlash lozim. 
    Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish maqsadi, vazifalari, hozirgi jamiyatimiz oldida 
    turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Barchamiz shuni chuqur anglab 



    oldikki, faqatgina zamonaviy asosda ta’lim-tarbiya olgan, jahonning manaman 
    degan mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma’naviy 
    jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi 
    bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi. 
    Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta 
    malakali, o’z mutaxassisligini chuqur egallagan pedagog-kadrlar zarur. Shuning 
    uchun hozirgi kunda pedagoglar, shu bilan birga pedagogika sohasida tahsil 
    olayotgan talabalar oldiga ham juda ko‘p vazifalar qo‘yilmoqda.
    Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muayyan maqsad 
    asosida tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, 
    uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib 
    belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’lim-
    tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga
     
    yetkazishdan iborat. 
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida ta’kidlangan milliy model O‘zbekiston 
    Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg‘or fan, 
    texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) – komil 
    inson va yetuk mutaxassis qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir.
    1
    O‘zbekiston Respublikasida o'qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy 
    salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. 
    Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
    quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi - ustoz bo'lish uchun, boshqalarning aql-
    idrokini о’stirishi, mа’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, 
    haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining о‘zi ana shunday 
    yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo'lishi kerak»
    2

    Yuqorida qayd yetilgan fikrlardan kelib chiqib bugungi kun pedagogi shaxsiga 
    nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglashiladi. Zamonaviy o'qituvchi qanday 
    1
    Kasbiy ta’lim metodikasi fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma. – Toshkent – 2019. 8-9-betlar 
    2
    Karimov I A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. - Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa kontserni Bosh 
    tahririyati, 1993, 27-28-bet. www.ziyouz.com kutubxonasi



    bo‘lishi zarur? Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ushbu muammo bo'yicha 
    ko‘plab pedagog va psixolog olimlar o‘z fikr va mulohazalari bilan chiqdilar. 
    Respublikamizda maktabgacha hamda umumiy о‘rta ta’lim tizimini yanada 
    takomillashtirish va moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim 
    tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, malakali kadrlar bilan ta’minlash, bo’lajak 
    tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash 
    darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari 
    va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, 
    estetik va jismoniy rivojlantirishning 
    huquqiy-meyoriy 
    asoslari yaratildi. 
    О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.01.2020 yil 07/20/4581/0098-sonli 
    "Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish 
    chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi qarorida maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy 
    sheriklikni qо‘llab-quvvatlash orqali “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini 
    yanada kengaytirish hamda bolalarning maktabgacha ta’limi bilan kengroq qamrab 
    olinishini ta’minlash” ustuvor vazifalar etib belgilandi.
    3
    Natijada maktabgacha 
    ta’lim tashkilotlar tarmog‘ini kengaytirish va bu tashkilotlarda bolalarning 
    psixologik va jismoniy rivojlanishi uchun qо‘shimcha sharoitlar yaratiladi.
    О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son 
    “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi 
    tо‘g‘risida”gi Farmoni, 2016- yil 29- dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021- yillarda 
    maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”, 
    2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan 
    takomillashtirish bо‘yicha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”, 2019-yil 8-maydagi PQ-
    4312-son “О‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha 
    rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining 
    2019-yil 13-maydagi 391-son “Pedagogika oliy ta’lim muassasalari faoliyatini 
    yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarorlari hamda mazkur 
    3
    .
    О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
    31.01.2020 yil 07/20/4581/0098-sonli "Maktabgacha ta’lim sohasida 
    davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora -tadbirlari to’g’risida” gi qarori



    sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga 
    oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. 
    Davlat siyosatini ishlab chiqish, bu sohaning moddiy-texnik bazasini 
    mustahkamlash, malakali pedagog va tarbiyachilar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya 
    jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari, metod hamda texnologiyalarni tadbiq etish, 
    bu sohada о‘quv va о‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish orqali 
    bolalarni har tomonlama intellektual rivojlantirish muhim kasb etadi. Shuningdek, 
    О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasini yanada 
    rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida”gi Farmoni 1-ilovasida 
    “...bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun 
    shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash”
    4
    kabi muhim vazifalar belgilangan. Ushbu 
    vazifani takomillashtirish ijrosi bо‘yicha maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga 
    tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, uning ilmiy-metodik ta’minotini yaratish 
    masalalari tadqiqot mavzusi dolzarbligini kо‘rsatadi. 
    О‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha
    rivojlantirish konsepsiyasida “Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama 
    intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar 
    yaratish, maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish kabi ustuvor vazifalar belgilangan. 

    Download 0,72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayyorlashda innovatsion yondashuv m u n d a r I j a

    Download 0,72 Mb.
    Pdf ko'rish