Yuza qatlamiga ishlov berish uslubi, yo`l ustida aralashmani tayyorlash usuli




Download 116.28 Kb.
bet6/8
Sana18.05.2023
Hajmi116.28 Kb.
#61562
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TEKISLASH SHAKL BERISH VA SHIBBALASH ISHLARI
American Sniper, YMTrV4lBbYOP5Nh1aAce0ysPZdRCK7z1I3sqZtFD, YMTrV4lBbYOP5Nh1aAce0ysPZdRCK7z1I3sqZtFD (1), 2-tajriba ishi (1), Tajriba ishi №2 (2), DORI-VOSITALARINING-SIFATINI-TAMINLASH-VA-ISHLAB-CHI-ARISHDA-AL-ARO-TALABLAR, Электронный документ (1), 1. O‘zbek xalqining amaliy me’morchilik san’ati. Amaliy san’atni, 1. 10-11 sinf ona tili to\'garak rejasi, 1.KIMYO TAQVIM20, 5-Amaliyot. (STL), 1, Axmedova Munira Jismoniy tarbiya, operatsion-3
7. Yuza qatlamiga ishlov berish uslubi, yo`l ustida aralashmani tayyorlash usuli.
Yuza qatlamiga ishlov berish bir, ikki va uch qavatli bo`lishi mumkin. Bir qavatli ishlov berish texnologik jarayoni (47-rasm) asosni tayyorlash, uni chang va loydan tozalash, 80-120 0C ga qizdirilgan yopishqoq moddani sepish, mayda qirqilgan tosh maydalarini sochish, maxsus g`ildirak bilan jipslashtirishdan iborat bo`ladi. Undan keyin avtomobil harakatiga ruhsat beriladi va uning g`ildiraklari bilan qatlam batafsil shakllanadi. Ikki va uch qavatli ishlov berishda yopishqoq modda birinchi marta sepilgandan keyin katta-katta qirqilgan toshlar, ikkinchi, uchunchi marta yopishqoq modda sepilgandan keyin esa maydalab qirqilgan tosh maydalari sochiladi. Qirqilgan tosh maydalari tirkama yoki ag`dargich avtomobil yordamida sochiladi.
Yopishqoq moddalar gudron tashiydigan avtomobil bilan mahsus qilingan, qizdirish moslamasi yordamida sepiladi. U yonilg`i sochiratgich bilan ikki qavat qilib o`tkazilgan quvir orqali alanga berib qizdiriladi.
Yopishqoq moddani omborxonadan surib olish va uni sepish uchun nasos ishlatiladi. U harakatni avtomobilning uzatmalar qutisidan oladi. Ayrim xollarda alohida dvigatel ham bo`lishi mumkin. Yopishqoq moddani sepish me`yori (kg/m2) avtomobil tezligi (m/min) bilan rostlanadi va quyidagi ibora bilan aniqlanadi:
υ=Q/Bpt
Bunda:
Q – idish hajmi, k;
B – sepish kengligi, m;
P – yopishqoq modda me`yori, kg/m2;
t – sepish vaqti, min.
Yopishqoq modda sarfi qatlam qalinligiga bog`liq bo`ladi. U bir qavat uchun 1,2-1,6 l/m2, ikki qavat uchun 0,9-1,6 l/m2.

47-rasm. Yuzaga birlamchi ishlov beruvchi qurilmaning texnologik tasviri.

Ishlov beruvchi qatlamning qalinligiga qarab shimdirish chuqir (qalinligi 6,5-8 sm) va yengil (qalinligi 4-6 sm) bo`lgan turlarga bo`linadi. Shimdirish usuli bilan yuza qatlamiga ishlov berish texnologik jarayoni asosni tayyorlash, yon tomondan tirgaklar qo`yish, dastlabki yopishqoq moddalarni 0,8 l/m2 hisobida sepishdan iborat. Chuqur shimdirish usuli bilan qoplamalarni qurishda birinchi sochilgan qirqilgan toshlar o`lchoviga qarab uch yoki to`rt xil o`lchovdagi qirqilgan toshlar ishlatiladi. Yengil shimdirish bilan qurilganda esa ikki yoki uch xil qirqilgan toshlar ishlatiladi. Mahalliy sharoitga qarab yo`l qismining uzunligi 100-120 m olinadi. Bunda bir ish kunida barcha belgilangan ishlar tugallanishi hisobga olinadi.


Tayyorlangan asosga qatnov qismining kengligi bo`yicha DS-54 yoki DS-8 rusumidagi yoygichlar yordamida birinchi qirqilgan toshlar qatlami yoyiladi. Qirqilgan tosh sarfi qatlam qalinligi va zichlashtirish koeffitsiyentiga bog`liq bo`ladi. Qirqilgan tosh qalinligi qoplama qalinligiga nisbatan 0,85-0,95 dan ortmasligi kerak. Tosh qirqimlarini zichlashtirishdan oldin unga suv sepiladi. Zichlashtirish yoyilgan qatlam chetidan markazga qarab dastlab 6-8 t.li g`ildiraklar yordamida ikki-besh marta bir izdan yurish bilan, keyin esa 10-15 t.li g`ildiraklar yordamida to`rt-besh marta o`tish bilan bajariladi.
Qirqilgan toshlar mustaxkam, turg`un xolatga ega bo`lgandan keyin zichlashtirish to`xtatiladi. Birinchi yoyilgan qatlam zichlashtirib bo`lgandan keyin sepiladigan yopishqoq modda me`yori qatnov qismining kengligi va harakatni boshlash zaruriyatiga qarab qatnov qismining yarmi yoki hammasiga yopishqoq modda sepiladi. Yopishqoq modda soviguncha darxol uning ustidan o`lchami 20 (25)-40 mm bo`lgan qirqilgan tosh, 100 m2 maydonga 0,4-0,5 m3 hisobida sochiladi va zichlashtiriladi. Qoplamaning yuza qatlami zich va tekis bo`lib tekislovchi g`ildirak o`tgandan keyin toshlar ko`rinmay qolguncha zichlashtiriladi.
Zichlashtirish tugagandan keyin ikkinchi marta yopishqoq modda va o`lchami 10-20 mm bo`lgan tosh maydalar sepiladi. SHunda mayda tosh parchalari yo`lning yuza qismida qolgan barcha mayda bo`shliqlarni to`ldirishi kerak. Bu qatlam zichlagich g`ildiraklarini bir izdan uch-to`rt marta yurgazish bilan qotiriladi. Shu usul bilan uchinchi va turtinchi marta qirqilgan tosh yopishqoq modda sepish jarayonlari ham bajariladi. Barcha ishlar tugallangandan 10-20 kun o`tgandan keyin yuzaga ishlov beriladi.
Bu usulda qirqilgan tosh (shag`al, tuproq) organik yopishqoq moddalar bilan bevosita yo`l ustida aralashtiriladi. Yo`l qoplamalari uchun avtomobil g`ildiraklariga bardosh beradigan mayda va o`rta donali, yo`l asosi uchun esa katta donali, ayrim xollarda mayda donali aralashmalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Barcha mineral donachalarni to`la aralashishini ta`minlash uchun ilashimligi kam bo`lgan yopishqoq moddalardan foydalaniladi. Ularga sekin va o`rtacha qotish hususiyatiga ega bo`lgan suyuq neft saqichi, yo`l uchun mo`ljallangan emulsiya va o`tin suyukligi (degti) moddalari kiradi. Suyuq neft saqichi, o`tin suyuqligi ishlatishdan oldin ishchi haroratida qizdiriladi, emulsiya esa qizdirmasdan ishlatiladi. Suyuq neft saqichining sarfi umumiy massaga nisbatan 5-7 % ni tashkil etadi. Undan ortiqcha qo`shish qoplama sifatini pasaytiradi. Yo`l ustida aralashmani tayyorlab qoplama qurish texnologik jarayoni asosni tayyorlash (shu jumladan ko`ndalang shakli soz bo`lganda qisman yamash) aralashtirish uchun zarur bo`lgan moddalarni tashib keltirish va uni aralashtirishga tayyorlash, yopishqoq moddani keltirish, aralashmani tayyorlash, qoplamani qurish va unga ishlov berishdan iborat.
Mineral va organik yopishqoq moddalar yo`l keskichlari, avtogreyderlar, aylanuvchi idish yoki boshqa sodda qurilmalar yordamida aralashtiriladi. Ko`chma aralashtirgichlardan foydalanilganda sifatli natijalarga erishiladi. Chunki u bir marta o`tish bilan yopishqoq moddalarni bir tekisda sochadi va uni mineral moddalar bilan aralashtiradi. Yaxshi aralashtirilgan aralashma shinali o`zi yurar g`ildiraklar bilan tekislanadi (48-rasm).

Download 116.28 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 116.28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuza qatlamiga ishlov berish uslubi, yo`l ustida aralashmani tayyorlash usuli

Download 116.28 Kb.