• (46-v rasm).
  • Tekislash shakl berish va shibbalash ishlari




    Download 116.28 Kb.
    bet5/8
    Sana18.05.2023
    Hajmi116.28 Kb.
    #61562
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    TEKISLASH SHAKL BERISH VA SHIBBALASH ISHLARI
    American Sniper, YMTrV4lBbYOP5Nh1aAce0ysPZdRCK7z1I3sqZtFD, YMTrV4lBbYOP5Nh1aAce0ysPZdRCK7z1I3sqZtFD (1), 2-tajriba ishi (1), Tajriba ishi №2 (2), DORI-VOSITALARINING-SIFATINI-TAMINLASH-VA-ISHLAB-CHI-ARISHDA-AL-ARO-TALABLAR, Электронный документ (1), 1. O‘zbek xalqining amaliy me’morchilik san’ati. Amaliy san’atni, 1. 10-11 sinf ona tili to\'garak rejasi, 1.KIMYO TAQVIM20, 5-Amaliyot. (STL), 1, Axmedova Munira Jismoniy tarbiya, operatsion-3
    Texnologik karta – maqbul mashinalar tarkibi va boshqa turdagi chiqimlarni o`zida mujassamlagan yo`l ishlarini alohida turlarini bajarish texnologiyasi bo`yicha me`yoriy xujjat hisoblanadi.
    Yo`l kiyimi hamma ishlarni bajaruvchi ixtisoslashgan guruhlardan tashkil topgan qurilish tashkiloti tomonidan bajariladi. Uning tarkibiga tosh qirqimlarini tayyorlovchi, asfalt beton aralashmasini tayyorlovchi va yotqazuvchi, sun`iy inshoatlarni o`rnatuvchi, transport vositalarini boshqaruvchilar kiradi. Yo`l qurilish ishida qatnashuvchi barcha guruhlar ishlab chiqarishga o`zaro bog`langan bo`lib, barcha ishlar kundalik chiziqli jadval asosidagi texnologik ketma-ketlik bilan bir xil ko`rsatkich va tartibda bajariladi.
    Yo`l kiyimini qurish texnologik jarayoni yo`l asosi qatlami qoplamasini yotqazish, pardozlash va yo`llarni obodonlashtirish ishlaridan iborat. Barcha texnologik jarayonlar texnologik xaritada batafsil ko`rsatiladi va u asosiy me`yoriy xujjat bo`lib hisoblanadi. Shunday texnologik ketma-ketlik bilan bajarilishi belgilangan yo`l qismlarining qurilishi belgilangan muddatda amalga oshiriladi.

    Quyi toifadagi yo`l qoplamalariga mahalliy ashyolar bilan mustaxkamlangan va tarkibi yaxshilangan tuproqlar kiradi. Bunday qoplamalar transportni ishlatish sifatini past ko`rsatkichiga ega bo`lib, ular asosan past toifali yo`llarni qurishda ishlatiladi. Aksariyat mahalliy tuproqlarga uning mustaxkamligini ortirish maqsadida ishlatishdan oldin ishlov beriladi. Harakat jadalligi uncha katta bo`lmagan yo`l qatlamlarini qurishda mahalliy tuproqqa boshqa joydan tashib keltirilgan donador tuproq va mineral ashyolar aralashtirib ishlatiladi.


    Tuproq tarkibini yaxshilovchi ashyolarga shag`alli, qum-shag`alli aralashmalar, tog` havzalaridan, ayniqsa ohak uchun olinadigan tog` chiqindilari kiradi.
    Yo`l asosi va qoplamasini mustaxkamlangan tuproqlardan tayyorlash ishlari yerli asos yuqori qatlamini haydab bo`shatish, donador qo`shimchalarni tashib keltirish, aralashmani tayyorlash va tayyor maxsulotni qatnov qismi bo`ylab yotkazishdan iborat bo`ladi. Bunday turdagi qoplamali yo`llarni qurishda ixtisoslashgan guruh tarkibiga og`ir va o`rta avtogreyderlar, shilib oluvchi va suv sochib yuruvchi mashinalar, o`zi yurar shibbalovchi moslamalar, ag`darma avtomobil va boshqa jihozlar kiritiladi. Mashinalar turi va soni yo`l qoplamasi turiga asosan hisoblab topiladi.
    O`tkinchi toifa yo`l qoplamalariga shag`al, qirqilgan tosh maydalari va boshqalar kiradi. Ularni o`tkinchi qoplama deyilishiga sabab takomillashgan yo`l qoplamalari qurilishi zarur bo`lganda ular yo`l asosiga aylanishidir. O`tkinchi qoplamali yo`llar qurilishida changli tuproq zarrachalaridan iborat bo`lgan mineral ashyolardan keng foydalaniladi. Chunki ular namlangandan keyin yopishqoqlik hususiyatiga ega bo`ladi.

    46-rasm. Yo`l qurish uchun qilingan qirqim joy.
    O`tkinchi toifa qoplamasining yer polotnosi asosan chuqurlashtirilgan ko`ndalang profilda qilinadi. Uning o`lchamlari yo`l ko`ylagining qalinligi va qatnov qismining kengligi bilan belgilanadi. Yo`l asosi chuqirligi asosi suvni sizib chiqishi uchun obochinaga qarab nishoblik qilinadi. SHuning bilan birga u asos chuqurligi bo`yicha to`la shibbalanadi (46-v rasm).
    Ashyo to`kiladigan marzali yo`l asosi chkqurligini qurishda oldin uni rejasi olinadi va yer polotnosi shibbalanib unga talab darajasidagi ko`ndalang profil beriladi (32-a rasm). Keyin marzaga zahiradagi tuproq surib yotqiziladi yoki tashib keltirilgan tuproq sepiladi.
    Yarim ashyo to`kiladigan marzali yo`l asosi chuqurligini qurishda esa bir qism tuproq chuqurdan chiqarilib marzaga yotqiziladi (46-b rasm). Undan keyin chuqurlik tubini rejasi olinib shibbalanadi.
    Keyingi davrga kelib IV va V toifali yo`llarni qurishda qirqilgan tosh parchalaridan yo`l qoplamasini qurish keng tarqaldi. Qirkilgan toshlar o`zining o`lchami va mustaxkamligi bo`yicha turlarga bo`linadi. Ular shakli bo`yicha olti burchakka yaqin bo`lib, o`lchamiga asosan quyidagilarga bo`linadi.

    Yirik

    40-70

    O`rtacha

    25-40

    Mayda

    15-25

    Ponali

    10-15

    Tosh maydalari

    3 (5)-10

    Sochma

    3 (5)

    Qirqilgan toshlar tuproq va loylar aralashmagan toza xolda bo`lishi kerak. Qirqilgan tosh qoplamasi bir necha qatlamdan iborat bo`ladi. Eng pastki va o`rta qatlamlarga mos ravishda 40-70 (70-120) mm, yuqori qatlamda esa 40-70 mm o`lchamdagi, ponalash uchun esa mos ravishda 5-10, 10-15, 20-40 mm o`lchamdagi qirqilgan toshlar zarur bo`ladi.


    Quyi qatlam uchun yumshoq nasilli toshlardan katta o`lchamda qirqilgan tosh maydalari, yuqorigi qatlamga esa uning aksidagi toshlar ishlatiladi. Qatlamni qurish texnologiyasi qirqilgan toshlarni yotqizish, tekislash, o`zi yurar shibbalovchi g`ildiraklar yordamida qotirish ketma-ketligidan iborat. Massasi va chiziqli solishtirma bosimi bo`yicha shibbalovchi g`ildiraklar yengil (0,6-4 t), o`rta (8t), og`ir (13-18 t)li turlarga bo`linadi. Qirqilgan toshli qoplamalar ikki xil usulda qurilishi mumkin.
    Birinchi usulda bir xil o`lchamli tosh qirqimlaridan asos tayyorlanib uning ustiga kichik o`lchamli tosh qirqimlari yotqizilib shibbalanadi. SHuning uchun ham bu usul ponalash usuli deyiladi.
    Ikkinchi usulda har xil o`lchamdagi tosh qirqimlari yoppa yotqizilib shibbalanadi. Uni mustaxkam aralashma qoplamasi deyiladi.
    Qirqilgan toshli qatlam qalinligi asosi bilan olinganda yo`ldagi harakat jadalligi, transport vositalarining tarkibi, qirqilgan tosh va ashyolarning sifatiga bevosita bog`liq, shuningdek shibbalovchi g`ildirak va mashinalarga ham bog`liq bo`ladi. CHunki, oddiy shibbalovchi g`ildirak bilan 16-20 sm qalinlikdagi qoplamani, tebranma shibbalovchi g`ildirakli mashina bilan 20-30 sm qalinlikdagi qoplamani hosil qilish mumkin.
    Takomillashgan yengil qoplamalarni qurish uchun bir-biri bilan aralashganda yagona qatlamni hosil qiluvchi mineral va organik ashyolardan foydalaniladi. Yopishqoq organik ashyolar ikki guruhga bo`linadi: saqichli va alanga beruvchi maxsulot chiqindisidan olingan yopishqoq moddalar (degtevo`e). Yo`l qurilishida ko`proq qattiq, yopishqoq va suyuq neft saqichlari ishlatiladi.
    Yopishqoq saqichlar besh xil tamg`aga bo`linadi: BND 200/300, BND 130/200, BND 90/130, BND 60/90, IBND 40/60. Bunda, harflar yo`lning neft saqichlari ekanligi, sonlar esa shu tamg`ali saqichning yopishqoqlik chegarasini bildiradi.
    Suyuqli saqich tez, o`rtacha va sekin qotuvchi turlariga bo`linadi. Ularning har biri quyidagicha belgilanadi:

    • Tez qotuvchi – BG 25/40, BG 40/70, BG 70/130;

    • Urtacha qotuvchi – SG 25/40, SG 40-70, SG 70/130, SG 130/200;

    • Sekin qotuvchi – MG 25/40, MG 40/70, MG 70/130, MG 130/200.

    Bularda ham harflar mos ravishda tez, o`rtacha, sekin qotuvchanligini, sonlar esa yopishqoqlik chegarasini bildiradi.
    Alanga beruvchi maxsulotlar chiqindisidan olinadigan yopishqoq moddalar asosan tosh ko`mir, torfdan olinadi. Yo`l qurilishida asosan tosh ko`mirdan olingan yopishqoq moddalar ko`p ishlatiladi va ular quyidagicha tamg`alanadi: D-1, D-2, D-3, D-4, D-5, D-6.
    Yopishqoq moddalar bilan shag`al, qirqilgan toshni aralashtirib yo`l qoplamasi qurishning to`rt xil usuli mavjud bo`lib, ular: yuza qatlamiga ishlov berish, singdirish, yo`lda o`z o`rnidan siljitish va maxsus aralashtirgichlarda tayyorlanib ishlatiladigan aralashmalardan foydalanish.



    Download 116.28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 116.28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tekislash shakl berish va shibbalash ishlari

    Download 116.28 Kb.