INDIVIDUAL LOYIHANING BA’ZI BIR BO‘LIMLARINI




Download 270.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana18.01.2024
Hajmi270.76 Kb.
#140305
1   2   3   4
Bog'liq
Individual loyiha uslubiy ko'rsatma-2023
HGI 2 geodeziya, Abduvaliyev ...yu..., 9-SINF-Algebra, ТТҚЕГ (мажмуа) 2022, E953AovvKLyyqJDtsysNSyVSyHMXKlTLl9az4sgx (2), Turdibekov Salohiddin Qodirovich , kop ozgaruvchili funksiyalar haqida a, Qara qurdimlar, Qara qurdimlar, DCO\' topshiriq Mustaqil ish, kiber 4 amaliyot, 7-lekciya (2), Mavzu Autoplay Media Studio dasturi imkonyati, Abduvositov Abdulaziz 1-amaliy ish, Lobar Suyunova 2-amaliy ish
2. INDIVIDUAL LOYIHANING BA’ZI BIR BO‘LIMLARINI 
RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI 
2.1. Individual loyihaning to‘liqligi. 
Individual loyiha tarkibiga quyidagi qismlar kiradi:
- Titul varog‘i;
- Mundarija 
- Kirish qismi; 
- Nazariy qism;
- Amaliy qism; 
- Xulosa; 



- Adabiyotlar ro‘yxati;
- Ilovalar – zaruriyat bo‘lganda.
2.2. Titul varog‘i. 
2.2.1. Titul varog‘ini rasmiylashtirish 1-rasmda ko‘rsatilgan.
2.2.2. Yuqorida markazdan katta xarflar bilan vazirlik nomi yoziladi, 
so‘ng tagidan universitet nomi yoziladi, kafedra nomi, Individual loyiha
topshirgan talaba familiya, ismi sharifi va guruhi, qabul qilgan o’qituvchi.
2.2.3. Titul varog‘ining markazida ish nomi va uning tagida ko‘rsatma nomi, 
pastda esa shahar va chop etish yili joylashtiriladi.
1-rasm. Titul varog‘ini rasmiylashtirish 



2.3. Kirish qismi. Individual loyihanining kirish qismida talaba tanlagan 
mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, nazariy va amaliy ahamiyati, 
o’rganilganlik darajasi, metodlari, yangiligi, muammoni o’rganishga 
qaratilganligi, va individual loyiha bo’yicha o’z oldiga qo’ygan masalalar 
mazmunini qisqa bayon etadi.
2.4. Nazariy va amaliy qismlarda belgilangan savollarni yoritishda masalaga
uzviy bog’liq bo’lgan nazariy bilimlar bilan bir qatorda talaba tomonidan
to’plangan materiallar, statistik ma’lumotlar yoritiladi va tahlil qilinadi. 
Olingan natijalar, yangiliklar, g’oya va fikrlar ilmiy jihatdan asoslanadi va 
o’rganilgan adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar va boshqa manbalardan to’plangan 
ma’lumotlar to’la tahlil qilinadi. Ushbu yo’nalishda bajarilgan ishlarning
mamlakatimiz va xorijiy davlatlar tajribasi ham bayon etilishi maqsadga 
muvofiq. Agar talaba mavzu bo’yicha olgan natijalarni tanqidiy baxolay olsa 
individual loyihaning qiymati yanada oshadi. Asosiy qismda mavzu moxiyati 
yanada kengroq ochishda mavzuga doir rasm, chizma va jadvallarni ko’rsatib 
o’tish mumkin. 
2.5. Jadvallar. 
2.5.1. Raqamli materialni jadvalga kiritish tavsiya etiladi. 
2.5.2. Jadvallar bo‘lim chegaralarida arab raqamlari bilan nomerlanadi. 
Jadvalning 
yuqoridan 
o‘ng burchagi ustida jadvalning tartib nomeri
ko‘rsatiladigan “Jadval” yozuvi joylashtiriladi. Jadvalning nomeri nuqta bilan
ajratilgan bo‘limning nomeri va jadvalning tartib nomeridan tashkil topadi.
2.5.3. Har bir jadval mazmunli sarlavhaga ega bo‘lishi kerak. Sarlavha mos
jadval ustida “Jadval” so‘zi ostida joylashtiriladi Sarlavha bosh harfdan
boshlanadi (2-rasm). 
2.5.4. Jadvalga ko‘rsatishda "jadval" so‘zidan oldin uning to‘liq nomeri 
ko‘rsatiladi. Masalan, "1.1-jadvalda", "1.2-jadvalga qarang". Bir necha jadvallarga
ko‘rsatishda "jadval" so‘zi faqat bir marta yoziladi. Masalan, "1.1, 1.2 va 1.3- 
jadvallarda". 



2-rasm. Jadvalni rasmiylashtirish 
2.6. Xulosa qismi. Individual loyihaning xulosa qismida loyihaning nazariy 
va amaliy qismlari doirasida bajarilgan ishlarga umumiy yakun yasaladi. Ushbu 
individual loyiha doirasida erishilgan asosiy natijalar, xulosalar, takliflar va 
tavsiyalar ko’rsatib o’tiladi. 
2.7. Adabiyotlar ro’yxati qismi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini
tuzishda ro’yxatga faqat individual loyihani yozish jarayonida talaba
tomonidan foydalanilgan adabiyotlar, internet manbalar, maqolalar, jurnallar va 
boshqalar kiritiladi.
 
2.8. Ilovalar qismi. Ilovalar qismida individual loyiha mavzusiga oid
rasmlar, chizmalar, jadvallar, dastur kodlari va boshqalar keltiriladi. 
Individual loyihani bajarish talaba avallo rahbarning ko’rsatma va 
maslahatlariga rioya etadi.

Download 270.76 Kb.
1   2   3   4




Download 270.76 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 INDIVIDUAL LOYIHANING BA’ZI BIR BO‘LIMLARINI

Download 270.76 Kb.
Pdf ko'rish