5
undagi so‘zlarni keyingi satrga o‘tkazish mumkin emas.
1.2.8. Sarlavhalar va keyingi matn o‘rtasidagi masofa bir qator (1.5
interval) oraliqda bo‘ladi, bo‘sh qator qoladi. Matn va keyingi sarlavha o‘rtasidagi
masofa bir qator oraliqda bo‘ladi.
1.2.9. Bandlarni arab sonlari bilan har bir kichik bo‘lim doirasida
raqamlash kerak. Band raqami nuqta bilan ajratilgan bo‘lib, kichik bo‘lim va band
raqamlaridan tashkil topadi. Band raqamining birinchi
sonini xat boshining
birinchi qatori boshiga qo‘yiladi. Bandning raqamini ko‘rsatuvchi son xat
boshining chegaralaridan chiqib ketmasligi kerak.
1.2.10. Individual loyihaning hajmi 20-25 betni tashkil etadi.
1.3. Betlarni raqamlash.
1.3.1. Individual loyihaning betlarini raqamlash ketma-ket bo‘lishi kerak.
Birinchi bet bo‘lib titul varog‘i hisoblanadi. Ushbu betga raqam qo‘yilmaydi.
Qolgan betlarga arab raqamlari qo‘yiladi. Betning raqamini
pastki xoshiyaning
o’rta qismiga qo‘yiladi (Word redaktorining pastki kolontitul xoshiyasida).
1.3.2. Agar individual loyihada alohida betlarda joylashtirilgan rasmlar
va jadvallar bo‘lsa, bunda ular ham raqamlanadi.
1.3.3.
Ilovalar, adabiyotlar ro‘yxati va sarlavha betlarini raqamlashga
kiritish kerak.