|
NGN, IMS arxitekturasidagi elementlarning parametrlarini hisoblash
|
bet | 9/15 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 35,02 Kb. | | #139552 |
Bog'liq Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakultеti 4 -fayllar.org4 NGN, IMS arxitekturasidagi elementlarning parametrlarini hisoblash
NGN texnologiyasi asosida qurilgan tarmoq (ya`ni NGN tarmoq) universal tarmoq hisoblanib, paketli kommutatsiya asosida ixtiyoriy turdagi ma`lumotlarni (tovush, video, rasm, televizion kadr va boshqalar) sifatli, yo`qotishlarsiz va yuqori tezlikda uzatish imkoniyatiga egadir. NGN tarmog`i turli xil ma`lumotlar trakti uchun kerak bo`ladigan barcha xizmatlarni ta`minlash imkoniyatiga egadir, ya`ni (QoS-Quality of Service) xizmat ko`rsatish sifati yuqori ko`rsatgichga egadir. Nazariy jihatdan o`ylab qaralganda NGN tarmog`i ayni paytda foydalanib kelinayotgan umumfoydalanuvchi telefon tarmog`i (UFTT-PSTN), ma`lumotlar uzatish tarmog`i (MUT), elektr aloqa tarmog`ini (EAT) mukammal yagona tizim sifatida birlashtirgan multiservis tarmog`idir.
NGN tarmog`ini qurishdan asosiy maqsad, keng spektrdagi xizmatlar turini joriy qilishdir. Ularga quyidagilarni misol qilish mumkin: NGN tarmog`ini qurishdan asosiy maqsad, keng spektrdagi xizmatlar turini joriy qilishdir. Ularga quyidagilarni misol qilish mumkin:
Telefon aloqasi xizmati (mahalliy, shaharlararo, halqaro telefon aloqasi);
Ma`lumotlar uzatish xizmati (ajratilgan ma`lumot uzatish kanali, ma`lumotlarni uzatuvchi virtual xususiy tarmoqlar);
Telematika xizmati (“elektron pochta”, “ovozli pochta”, “IP telefoniya”, “audiokonferentsiya”, “videokonferentsiya”);
Harakatdagi elektr aloqa xizmati;
Provayder xizmati (“elektron supermarket”, “masofadan o`qitish” ).
NGN 4 satxdan iborat: Xizmatlarni boshqarish sathi xizmatlarni boshqaruvchi mantiqiy funktsiyalarni jamlaydi va quyidagilarni ta`minlovchi taqsimlangan hisoblash muhitini taqdim etadi: |
| |