|
Telekommunikatsiya
|
bet | 55/103 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #126606 |
Bog'liq Telekommunikatsiya-fayllar.orgKeng qamrovlilik - ko’p sonli o’quvchilarning bir vaqtning o’zida katta o’quv
(elektron kutubxona, ma’lumotlar va bilimlar bazasi va boshqalar) zahiralariga murojaat qila olishi. Bu ko’p sonli o’quvchilarning kommunikatsiya vositalari yordamida o’zaro va o’qituvchi bilan muloqotda bo’lish imkoniyati.
Iqtisodiy tejamkorlik - o’quv maydonlari, texnika vositalari, transport vositalari va o’quv materiallaridan samarali foydalanish, o’quv materiallarini bir joyga yig’ish, ularni tartiblangan ko’rinishga keltirish va bu ma’lumotlarga ko’p sonli murojaatni tashkil qilib bera olish mutaxassislarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytiradi.
Ijtimoiy tent huquqlilik - ta’lim oluvchining yashash joyi, sog’ligi va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar xamma qatori teng xuquqli ta’lim olish imkoniyati.
Internatsionallilik - ta’lim soxasida erishilgan jahon standartlariga javob
beradigan yutuqlarni import va eksport qilish imkoniyati.
O’qituvchining yangi roli - masofaviy o’qitish o’qituvchining o’qitish jarayonidagi rolini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi o’qituvchi o’zlashtirish jarayonini muvofiqlashtirishi, yangiliklar va innovatsiyalarga mos ravishda berayotgan fanini muntazam mukammallashtirishi, saviya va ijadiy faoliyatini yanada chuqurlashtirishi talab etiladi.
Sifat - masofaviy o’qitish usuli ta’lim berish sifati bo’yicha kunduzgi ta’lim turidan qolishmaydi. Balki, maxalliy va chet ellik dars beruvchi kadrlarni jalb qilib, eng yaxshi o’quv-metodik darsliklar va nazorat qiluvchi testlardan foydalangan xolda o’quv jarayonini tashkil etish sifatini oshirishi mumkin.
Masofaviy ta‘limning tarkibiy qisimlari
O’qituvchi
O’quvchi
Kommunikatsiya
Masofaviy ta‘lim vositasida o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan joyda individual jadval asosida maxsus imkoniyatlar, telefon, elektron aloqa va boshqa ta’lim vositalari yordamida bir maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo‘lgan ta’lim jarayoni tashkil etiladi.
Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qayta-qayta tilga olinayottan ayrim terminlar tavsifi va ta’riflarni keltirib o’tamiz. Masofaviy ta’lim- masofaviy o’qitishga asoslangan ta’lim.
|
| |