|
Pedagogikaning tarmoqlari
|
bet | 9/103 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #126606 |
Bog'liq Telekommunikatsiya-fayllar.orgPedagogikaning tarmoqlari.
Fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, turli yo’nalishlarda bilim hajmining oshib borishi fanning tabaqalanib, turli tarmoqlarga bo’linishiga sabab bo’lmoqda. Yaqin o’tmishda falsafadan ajralib chiqqan pedagogika fanida ham ko’pgina tarmoqlarga bo’linish jarayoni, ya’ni tarkibiy tuzilishi ko’zga yaqqol tashlanadi. Masalan, maktabgacha tarbiya pedagogikasi, maktab pedagogikasi, kattalar pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi kabilar shular jumlasidandir. Ayrimlari esa, fan sifatida endi shakllanib kelmoqda.
Umumiy pedagogikada tarbiyalanuvchilar orasida mafkuraviy targ’ibot va madaniy ma’rifiy ishlar ham o’ziga xos tarmoqlariga egadir. Bu mehnatkashlarni tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo’shadi va belgilangan pedagogik g’oyalarga suyanadi. Pedagogika fanining hamma tarmoqlari o’zining turli rivojlanish, taraqqiyot bosqichlariga egadir: ularning ayrimlari aniq shakllanib bo’lgan va yetarli darajada keng ishlab chiqilgan boshqalari o’zining shakllanish jarayonini boshdan kechirmoqda (masalan, oliy o’quv yurti muassasasi pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi) ba’zi bir tarmoqlar pedagogikasining ajralib chiqishi endigina boshlanmoqda. Umumta’lim o’quv yurtlarida emas, balki yordamchi o’quv yurtlarida shug’ullanishlari mumkin bo’lgan shaxslar ya’ni, ko’rish, eshitish, so’zlash a’zolarida kamchiliklari bo’lgan shaxslarni mehnat faoliyatiga tayyorlash, tarbiyalash va ta’lim berishning o’ziga xos tomonlarini tadqiq etuvchi fanlar pedagogika fanining maxsus guruhini tashkil etadi. Tarixiylik tamoyili har qanday fan rivojlanishining zarur tamoyili hisoblanadi. Zero o’tmishni hozirgi davr bilan qiyoslash faqat hozirgi hodisalarning asosiy rivojlanish bosqichlarini yaxshi kuzatib borishga yoki o’tmishning bebaho tajribasi hamda erishilgan yutuqlardan foydalanishga yordam berib qolmay, shu bilan birga, bu sohada xatolarga yo’l qo’yishdan saqlaydi va kelajakka yo’naltirilgan amaliy takliflar, maqsadli izlanishlarni amalga oshirishga ko’p darajada asos bo’ladi. Jamiyat hayotini qayta qurish, o’sib kelayotgan yosh avlodni shuningdek, hamma mehnatkashlar tabaqalarini tarbiyalashni kuchaytirishni talab etadi. Bunday sharoitda pedagogikaning tadqiqot sohalari doirasi kengayadi. Hozirgi kunda pedagogikani asosiy tarmoqlari sifatida quyidagilarni keltirib o’tamiz.
|
| |