Telekomunikatsiya Texnologiyalari.
412-20 - guruh
Safarov Behzod.
KOMPYUTER ARXITEKTURASI FANIDAN 2-TOPSHIRIQ
MAVZU: VIRTUAL YADROLI PROTSESSOR ISH TARTIBINI O‘RGANISH VA SHAXSIY KOMPYUTERDA VIRTUAL YADRO HOSIL QILISH
Ishdan maqsad: Protsessor yadrolari va virtual yadrolar arxitekturasini o‘rganish va tahlil qilish. Shuningdek kompyuterda virtual yadro yarata olish va undan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
NAZARIY QISM
Protsessor yadrolari: Kompyuterda boʻladigan jarayonlarni amalga oshirish va boshqarish vazifalarini bajaradigan asosiy qurilma bu kompyuterning protsessori hisoblanadi. Protsessorlar har qanday qayta ishlash tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir va protsessorlar o‘z navbatida yadrolardan tashkil topadi. (1.1- rasm).
1.1-rasm. Kompyuter
protsessorining yadrolari
Virtual yadrolar: Protsessorlarning har xil turlari va yadrolari o‘rtasidagi farqni tushunish uchun avvalo jismoniy yadrolar va mantiqiy yadrolar o‘rtasidagi farqni tushunishimiz kerak bo‘ladi. Jismoniy yadro protsessorning haqiqiy apparat komponenti bo‘lib, bu bitta protsessorda joylashgan bitta yacheykani egallagan protsessor hisoblanadi. Agar shaxsiy kompyuterimiz 4 (to‘rt) yadroli bo‘lsa bunda kompyuterning protsessorida 4 ta jismoniy yadro mavjud. Agar protsessorimiz 8 (sakkiz) yadroli bo‘lsa, protsessorda 8 ta yacheyka bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda, protsessorda
joylashgan har bir yadro, buyruqlarni qayta ishlash uchun alohida protsessorga o‘xshaydi.