174
jihatdan yaxshilash) uchun chastotaviy xarakteristikasi katta to‘g‘ri burchakli
bo‘lgan asosiy seleksiya sozlanmaydiga murakkab filtrini qo‘llashga, shuningdek
diapazonli radiochastota kuchaytirgichiga qaraganda samaraliroq bo‘lgan oraliq
chatota kuchaytirgichidan foydalanishga imkon beradi. Bunday radioqabul
qilgichni qayta sozlash chastota o‘zgartirgichining tarkibiga kiradigan
geterodinning chastotasini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Shunday qilib, chastota o‘zgartirgichi bu signal tuzilmasi saqlanishi bilan
radiosignal spektrini radiochastota diapazonining bitta sohasidan boshqasiga
o‘tkazishni amalga oshiradigan qurilma hisoblanadi. Chastota o‘zgartirgichining
tarkibiga aralashtirgich, geterodin va oraliq chastota signali uchun yuklama kiradi.
Chastotani o‘zgartirish parametrlardan birini davriy o‘zgartiradigan nochiziqli
elementga ega bo‘lgan aralashtirgichda (oltiqutblilikda) bo‘lib o‘tadi (12.2- rasm).
Bunday nochiziqli elementlar sifatida tranzistorlar, varikaplar va diodlar
ishlatiladi.
12.2- rasm. Chastota o‘zgartirgichining ekvivalent sxemasi
Agar nochiziqli elementga, masalan, yarim o‘tkazgichli diodga bir vaqtda
turli chastotalarli signal berilsa, u holda bu elementning zanjirida bu signallardan