178
1. Ikkita kuchlanishlar (foydali signal va geterodin signali) yig‘indisi keyingi
zarur tok spektri tashkil etuvchilari ajratilishi bilan nochiziqli elementga beriladi.
2. Geterodinning kuchlanishi aralashtirgichning qandaydir parametrini
(tranzistor VAXi tikligi, zanjirning reaktiv parametrini) o‘zgartirish uchun
ishlatiladi. Bunday aralashtirgichning kirishiga beriladigan foydali signal spektrni
mos boyitish bilan o‘zgartiriladi.
Chastotani klassik o‘zgartirish tizimi kirish filtri, geterodin, aralashtirgich va
oraliq chastota (OCh) chiqish filtridan tashkil topadi (12.5- rasm).