181
ishlash imkoniyati tufayli diodli aralashtirgichlar ko‘plab simsiz tizimlarda
qo‘llaniladi.
Aralashtirgichlarning bir necha topologiyalari – nosimmetrik aralashtirgich,
balansli aralashtirgich, halqali balansli aralashtirgich turlari mavjud. Bu
konfiguratsiyalarning boshqa variantlari, masalan, simmetrik kanal so‘ndiriladigan
aralashtirgichlar va odatda yuqoriroq chastotalarda, ko‘pincha millimetrli to‘lqin
uzunliklari dipazonida ishlatiladigan geterodin garmonikasidagi aralashtirgichlar
ham bo‘lishi mumkin.
Eng oddiy diodli aralashtirgich nosimmetrik aralashtirgich hisoblanadi, u
kirish transformatori, bitta diod, YuCh-drossel va past chastotalar filtridan tashkil
topgan (12.7- rasm).
12.7- rasm. Eng oddiy diodli aralashtirgich
Nosimmetrik aralashtirgich harakat detektorlari kabi uncha qimmat
bo‘lmagan detektorlarda ishlatiladigan oddiy yechim hisoblanadi. Impedansni
moslashtirish uchun kirish transformatori geterodin signalini teskari YuCh-
terminal va antennaga nurlanmasligini oldini olish uchun yaxshi tanlovchanlikka
ega bo‘lishi kerak.