195
Agar kirishdagi kuchlanish noldan katta bo‘lsa, u holda OK chiqishidan
manfiy kuchlanish bo‘ladi. U holda
V1
diod ochiq,
V2
diod esa yopiq bo‘ladi,
shuning uchun chiqishga kuchlanish berilmaydi. Agar kirishdagi kuchlanish
manfiy bo‘lsa, u holda OK chiqishida musbat potensial bo‘ladi, shuning uchun
V1
diod yopiq,
V2
diod esa ochiq bo‘ladi.
Natijada kuchlanish chiqish kondensatoriga beriladi va u zaryadlanadi.
Bunda
V2
diod operatsion kuchaytirgich hisobiga juda katta kuchaytirish
koeffitsientili manfiy teskari aloqa bilan qamrab olingan bo‘lib qoladi. Manfiy
teskari aloqa diodning ishchi nuqtasining o‘zgarishini kompensatsiyalaydi,
shuning uchun barcha kuchlanishlarda detektorning statik xarakteristikasi chiziqli
bo‘lib qoladi.
Detektorlash aniqligini oshirish uchun ko‘pincha ikkita yarim davrli detektor
ishlatiladi. U 13.11- rasmdagi ikkita o‘xshash qismlardan tashkil topadi. Lekin
ikkinchi OKga kirish kuchlanishi inverslamaydigan kirishga beriladi, shuning
uchun detektor ham musbat, ham manfiy yarim to‘lqinda ishlaydi. Bu qurilmaning
aniqligini oshiradi.