13.5. Faza bo‘yicha modulyasiyalangan signallarni detektorlash FM signallarni detektorlash kogerent qabul qilishda amalga oshiriladi. Bu
signallarni detektorlash ikkita bosqichda amalga oshiriladi:
−
FM signalni amplitudaviy-fazaviy-modulyatsiyalangan signalga (AFM)
o‘zgartirish;
−
AFM signalni amplitudaviy detektor orqali detektorlash.
Bir taktli fazaviy detektorning prinsipial sxemasi 13.20- rasmda tasvirlangan.
13.20- rasm. Bir taktli fazaviy detektorning prinsipial sxemasi
U tayanch tebranishi ishlatiladigan amplitudaviy detektor hisoblanadi. FM
signalni AFM signalga o‘zgartirish VD diod orqali amalga oshiriladi. Diodning
kirishiga ikkita kuchlanishlar -
φ = 0 fazali
u tayanch (t) tayanch tebranishi va
u fm (t) FM signal beriladi. Diodning kuchlanishi bu kuchlanishlarning yig‘indisi orqali
aniqlanadi:
202
u d (t) = u tayanch (t)+ u fm (t) Diodda
kuchlanishning
shakllanishi
vektorlar
diagrammasi
orqali
tushuntiriladi (13.21- rasm). Qandaydir vaqt momentida FM signal
u fm1 vektor
og‘ishiga mos bo‘lgan
φ fm1 faza qiymatiga ega bo‘lsin, u holda dioddagi kuchlanish
u d1 vektorga mos keladi. Keyingi vaqt momentida FM signal fazasi o‘zgaradi va
u fm2 vektorning
φ fm2 og‘ishiga mos keladi (bunda vektorning uzunligi
u d1 vektorning uzunligiga mos keladi, chunki FM signal amplitudasi o‘zgarmaydi).
Dioddagi kuchlanish bu vaqt momentida
u d1 vektorga mos keladi. Diagrammadan
ko‘rinib turibdiki,
u d1 va
u d2 vektorlar turli uzunliklarga, mos ravishda
amplitudalarga ega bo‘ladi.
13.21- rasm. Diodda kuchlanishning shakllanishi
Shunday qilib, diodda FM signalni AFM signalga o‘zgartirish bo‘lib o‘tadi.
Bir vaqtda bu o‘zgartirish bilan diod AFM signal spektrini transformatsiyalashni
amalga oshiradi va keyingi detektorlash bir taktli amplitudaviy detektor orqali
detektorlashga o‘xshash amalga oshiriladi. Fazaviy detektorning detektorlash
xarakteristikasi 13.22- rasmda keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, bu xarakteristika
203
nochiziqli xarakterga ega, bu modulyatsiyalovchi signalni buzilishlariga olib
keladi.
13.22- rasm. Bir taktli fazaviy detektorning chastotaviy xarakteristikasi
Nochiziqli buzilishlarni tuzatish uchun balansli (ikki taktli) fazaviy
detektorlash sxemasi ishlatiladi (13.23- rasm).
Bu detektor ikkita bir taktli fazaviy detektorlardan iborat. U
tayanch
(t) tayanch
kuchlanishi transformator (T) ikkilamchi cho‘lg‘amining o‘rta nuqtasi va R1R2
rezistorlar va S1S2 kondensatorlarning o‘lanishi nuqtalari orasiga beriladi.
u fm (t) FM signal kuchlanishi transformatorning birlamchi kuchlanishi orqali beriladi.
13.23- rasm. Balansli fazaviy detektorning prinsipial sxemasi
204
Qandaydir vaqt momentida detektorning kirishiga
φ(t) fazali va 13.23-
rasmda ko‘rsatilganga mos kuchlanishlar qutlbliliklaridagi
u fm (t) signal kelsin. Bu
holda diodlardagi kuchlanish quyidagicha aniqlanadi:
u d1 = u op + 0,5u fm ; u d2 = u op — 0,5u fm .