197
o‘zgarmasdan signal spektrini past chastotalar sohasidan o‘tkazadigan chastota
o‘zgartirgichi hisoblanadi. Detektorning bu xususiyatini signalni detektordan
keyingi ishlov berishga qo‘llashga imkon beradi.
Sinxron detektor shuningdek balansli modulyasiyalangan va bir polosali
modulyatsiyalangan signallarni detektorlashga imkon beradi. Lekin bu holda
tashuvchi tebranishning chastotasi va fazasi haqidagi ma’lumotlarni olish
qiyinchiliklar tug‘iladi, chunki bu signallarning spektrida tashuvchi tebranish
tashkil etuvchisi mavjud bo‘lmaydi. Shuning uchun bu signallarni detektorlash
uchun quyidagi ikkita texnik yechimlar qo‘llanadi:
−
detektorlashda
pilot-signal
ishlatiladi, u tashuvchi tebranishning
qoldig‘i hisoblanadi va signal bilan birga uzatiladi, qabul qilishda esa ChFAQS
tizimi orqali ajratiladi;
−
qabul qilish tomonida detektorlashda umuman sinxronlashtirilmaydigan
yuqori stabil tayanch generatori ishlatiladi.
Detektorlash uchun uzatiladigan tashuvchidan
φ
fazaga farqlanadigan
mahalliy tashuvchi ishlatiladi. Bunda aloqa kanalida