chastotaning surilishi vujudga keladi (13.13- rasm). Agar bu surilishi telefon signali uchun 10 Gs dan
oshmasa, u holda oluvchi uni sezmaydi. Bu yerdan BPMi aloqa tizimlarining
generator qurilmalari stabilliklariga qat’iy talablar kelib chiqmoqda.
13.13- rasm. Aloqa kanalidagi chastotalarning surilishi jarayoni
198
13.4. Chastota bo‘yicha modulyatsiyalangan signallarni detektorlash ChM signallarni detektorlash kogerent va nokogerent qabul qilishda amalga
oshirilishi mumkin. Nokogerent qabul qilishda ChM signallarni detektorlashni
ko‘rib chiqamiz. Bu holda detektorlash quyidagi ikkita bosqichda amalga
oshiriladi:
−
chastotaviy modulyatsiyalangan signalni amplitudaviy chastotaviy
modulyatsiyalangan signalga (AChM) o‘zgartirish;
−
AChM signalni amplitudaviy detektor orqali detektorlash.
ChM signallarni detektorlash prinsipial sxemasi 13.14- rasmda keltirilgan.
ChM signal chastotasi ortganida, u konturning
ω rez rezonans chastotasiga
yaqinlashadi va
u K (t) tebranish amplitudasi ortadi. ChM signal chastotasi
kamayganida konturning
ω rez rezonans chastotasidan uzoqlashadi va
u K (t) tebranish amplitudasi kamayadi. Shunday qilib, konturning chiqishidagi tebranish
modulyatsiyalangan signal bo‘lib, unda ham amplituda, chastota o‘zgaradi (AChM
signal). Keyin signal amplitudaviy detektor orqali detektorlanadi.
13.14- rasm. ChM signallarni detektorlash prinsipal sxemasi
Bu detektorda ChM signalni AChM signalga o‘zgartirish L1C1 tebranish
konturi yordamida amalga oshiriladi. Kontur tashuvchi chastotaga nisbatan
199
sozlanmagan, ya’ni uning rezonans chastotasi tashuvchi signalning chastotasiga
teng emas (13.15- rasm).
13.15- rasm. ChM signallarni detektorlash vaqt diagrammalari
Bu detektorning detektorlash xarakteristikasi 13.16- rasmda keltirilgan. Bu
xarakteristika chiziqli hisoblanadi, demak, bu detektor orqali detektorlashda
modulyatsiyalovchi signal nochiziqli buzilishlarga ega bo‘ladi.
13.16- rasm. Bir taktli chastotaviy detektorning detektorlash xarakteristikasi
Nochiziqli buzilishlarni tuzatish uchun balansli (ikki taktli) chastotaviy
detektorlash sxemasi ishlatiladi (13.17- rasm).
200
13.17- rasm. Balansli CHD sxemasi
Bu detektorda har ikkala tebranish konturlari tashuvchi chastotaga nisbatan
o‘zaro sozlanmagan va turli ω
rez1
va ω
rez2
rezonans chastotalarga ega, konturlarning
xarakteristikalari 13.18- rasmda keltirilgan.
Natijada ω
rez1
va ω
rez2
rezonans chastotalar orasida detektorlash uchun
ishlatiladigan chiziqli oraliqqa ega bo‘lgan xarakteristikani olamiz.
Balansli detektorning chastotaviy xarakteristikasi 13.19- rasmda keltirilgan.
13.18- rasm. Balansli detektor tebranish konturlarining chastotaviy bog‘liqligi