Nisbiy fazaviy modulyatsiyalangan signallarni detektorlash NFMn signallarni detektorlash ikkita usullarda – fazalarni taqqoslash usuli
(nokogerent qabul qilishni ta’minlaydi) va qutblarni taqqoslash usulida (kogerent
qabul qilishni ta’minlaydi) amalga oshirilishi mumkin.
Fazalarni taqqoslash usulida teskarish ishlash manbalari generator va
ChFAQS kechiktirish liniyasiga almashtiriladi, u bitta diskret elementning
davomiyligiga signalni kechiktirishni amalga oshiradi (13.27- rasm). Fazoviy
detektorda qabul qilingan va oldingi signallarning fazalarini taqqoslash amalga
oshiriladi. HQQ chiqish signalini shakllantirish FMn signal qabul qilgichidagi kabi
amalga oshiriladi. Binobarin, bu sxemada tayanch kuchlanishi sifatida qabul
qilingan signal ishlatiladi, u holda teskari ishlash paydo bo‘lmaydi.
208
13.27- rasm. NFMn signal qabul qilgichining tuzilish sxemasi: fazalarni
taqqoslash usuli
Qutblarni taqqoslash usulida qabul qilgich ikkita qismlar - FMn signallar
qabul qilgichi va nisbiy detektordan tashkil topadi (13.28- rasm). FMn signallar
qabul qilgichida signallarni detektorlashda teskari ishlash ro‘y beradi. Qabul
qilgich chiqishidan signal nisbiy detektorning TQ taqqoslovchi qurilmasiga
beriladi. TQning ikkinchi kirishiga qabul qilgichning oldingi chiqish signali
beriladi. Bitta diskret elementga signalni kechiktirishni kechiktirish liniyasi amalga
oshiradi. TQda ikkita elementlarning qutblarini taqqoslash bo‘lib o‘tadi va chiqish
signali shakllantiriladi.
13.28- rasm. NFMn signal qabul qilgichining tuzilish sxemasi: qutblarni
taqqoslash usuli
Chiqish signalining diskret elementini shakllantirish, quyidagi qoida
bo‘yicha amalga oshiriladi: agar har ikkala signallarning qutblari mos tushsa, u
holda musbat qutbli
u 2 («1») signal shakllanadi, agar qutblar mos tushmasa, u
209
holda manfiy qutbli
u 1 («0») signal shakllanadi. Teskari ishlash ham joriy, ham
oldingi signallarning qutbini o‘zgartiradi, u holda u TQning ishlashiga ta’sir
etmaydi.