215
uchun polosali analog filtlardan foydalanish zarur. Yana ta’kidlash kerakki,
polosali diskretlashtirish signalni raqamlashtirish bilan birga bir vaqtda uning
spektrini past chastotaga o‘tkazishni amalga oshirishga imkon beradi.
Har ikkala holarda o‘zgartirgichning kirishida spektrning ustma-ust
tushishidan himoyalash uchun analog filtrlardan foydalanish zarur bo‘ladi. Bunda
diskretlashtirish chastotasi qanchalik yuqori bo‘lsa, analog filtrga shunchalik
pastroq qat’iy talablar qo‘yiladi. Amaliyotda ishlab chiquvchilar ARO‘ chiqishida
uchta yoki to‘rtta kaskadli passiv filtrdan foydalanish yetarli bo‘ladigan tarzda
diskretlashtirish chastotasini ta’minlashga urinadi. 25 MGs gacha chastotalar
diapazoni uchun Kotelnikov bo‘yicha signalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri diskretlashtirishli
sxema, ham polosali diskretlashtirishli sxemani qo‘llash mumkin.
Radioqabul qilgichda raqamli qurilmalar quyidagi vazifalarni bajaradi:
−
talab qilinadigan kanalni ajratish;
−
signal spektrini pastroq chastotaga o‘tkazish;
−
signaldagi ma’lumotlarni dekodlash yoki detektorlash.
Bu vazifalarni bajarish uchun turli qurilmalar va ularning birikmalari
ishlatiladi. Kanalli filtrlash, geterodinlashtirish, diskretlashtirish chastotasini
pasaytirishni (detsimatsiyani) o‘z ichiga oladigan birlamchi, nointellektual ishlov
berish ko‘pincha tezkor dasturlanadigan mantiq (
FPGA
) yordamida yoki
maxsuslashtirilgan mikrosxemalar – raqamli qabul qilgichlarda (
digital down
converter — DDC
) bajariladi.