210
Qabul qilgichda halaqitbardoshlikni oshirish uchun
qabul qilingan impulsli
modulyatsiyalangan signallar regeneratsiya qilinadi.
Regeneratsiya qilish
impulslar shaklini qayta tiklash jarayoni hisoblanadi.
13.29- rasmda impulsli modulyatsiyalangan signalni regeneratsiya qilinishini
tushuntiradigan vaqt diagrammalari keltirilgan. 13.29a- rasmda uzatiladigan
S
im.uz
(t)
impulsli modulyatsiyalangan signal tasvirlangan. 13.29b-
rasmda qabul
qilingan
Z
qab
(t)
signal tasvirlangan. Bu signalning shakli aloqa kanalida
fluktuatsion va impulsli halaqitli signallarning ta’siri tufayli buzilgan.
Regeneratsiya qilish impulslar maksimum qiymatining yarmiga yaqin sathda
maksimum va minimum bo‘yicha impulslarning amplitudalari cheklash yo‘li bilan
amalga oshiriladi (13.29v- rasm). Regeneratsiya qilishda
impulsli halaqitlarning
katta amplitudasi keltirib chiqaradigan qabul qilingan signalning buzilishi bo‘lishi
mumkin, lekin halaqitlarning katta qismi so‘ndiriladi. Binobarin, regeneratsiya
qilishda impulslarning amplitudalari
cheklash amalga oshiriladi, u holda AIM
signallarni regeneratsiya qilish mumkin emas, chunki bu signallarning amplitudasi
axborot parametri hisoblnadi.
13.29- rasm. Impulsli modulyatsiyalangan signalni regeneratsiya qilish