224
15.2. Abonentlar raqamli televideniye qabullash qurilmalarining qurish
prinsiplari
Raqamli televideniye dasturlarini qabul qilish uchun abonentlar qabul
qilgichining funksional sxemasi 15.4- rasmda keltirilgan.
Raqamli televideniye dasturlarini qabul qilish uchun raqamli qabul qilgich
quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan:
−
raqamli signallarni qabul qilish va ishlov berish, shuningdek olingan
analog signalni PAL tizimida kodlash uchun monoplata:
−
impulsli ta’minot bloki platasi;
−
korpus;
−
masofdan boshqarish (MB) infraqizil (IQ) pulti.
15.4-rasm. Raqamli televideniye abonentlar qabul qilgichining funksional sxemasi
Opsiyalar sifatida alohida televizion dasturlarni yozib olish va saqlash uchun
qattiq disk va smart-cardni o‘qish uchun qurilma ko‘zda tutiladi.
Raqamli qabul qilgich ish rejimlarini boshqarish ekran menyusi tizimi
yordamida ham IQ-pultdan, ham tugmalar panelidan amalga oshiriladi. Analog
TVga
SCART
uyasi yoki uchtalik
RCA
uyalar orqali amalga oshirish mumkin.
DVB-T
tizimi raqamli qabullagilari oddiy televizion antenna bilan ishlaydi,
binobarin, hatto xona antennasiga sifatli qabul qilish amalga oshiriladi.