• 16.3. Stereofonik radioeshittirish qabul qilgichlari
  • Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari




    Download 4,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet116/129
    Sana15.06.2024
    Hajmi4,63 Mb.
    #264040
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   129
    Bog'liq
    radio

     
    UT, O’Т, QТ
     
    PChK
     
    D
     


    233
    Tanlangan signal kuchsiz bo‘lgani uchun YuChK kaskadlari yordamida 
    kuchaytiriladi. Undan keyin signal chastotasi chastota o‘zgartirgich (ChO‘) 
    yordamida oraliq chastotaga aylantiriladi va barcha diapazonlar uchun umumiy 
    bo‘lgan OChK kaskadlarida kuchaytiriladi. 
    OChK konturlari ikkitadan bo‘lib, 465 kGs (UT, OT, QT uchun) va 10,7 
    MGs ga (UQT uchun) sozlangan. Zarur qiymatgacha kuchaytirilgan signal alohida 
    yig‘ilgan AD va ChD detektorlari yordamida detektorlanadi va PChK kaskadlarida 
    kerakli quvvatgacha kuchaytirilib, akustik sistema (D) yordamida akustik (ovoz) 
    to‘lqinlariga aylantiriladi.
    16.3. Stereofonik radioeshittirish qabul qilgichlari 
    Ovoz (musiqa) sifatini oshirishning asosiy usullaridan biri stereofonik 
    signalni tayyorlash, uzatish va qabul qilishdir. 
    Stereofonik signal ovoz manbaining bo‘shliqda (konsert zalida) qayerdan 
    chiqayotganligi va qo‘shiq ijrochisining sahna bo‘ylab harakati to‘g‘risidagi 
    ma’lumotlarni beradi va radioeshituvchi o‘zini konsert zalida o‘tirgandek his 
    qilishi mumkin. To‘liq stereosamara hosil qilish uchun har bir ovoz manbaiga 
    alohida mikrofon va kuchaytirgich talab qilinadi. 
    Lekin ikkita mikrofon, ikkita kuchaytirgich va ikkita akustik tizim qoniqarli 
    darajada stereosamara hosil qila oladi. Bunday tizim ikki kanalli stereofoniya deb 
    ataladi. 
    Stereofonik signalni uch xil usulda shakllantirish mumkin. Stereosignalni 
    radio orqali uzatishda monofonik qabul qilgich ham stereofonik signalni qabul qila 
    olishi kerak. Bu vazifani bajarish uchun mikrofonlardan biri sahnadagi hamma 


    234
    tovushlarni qabul qilishi kerak, 
    M
    mikrofonning yo‘nalish diagrammasi aylana 
    shaklida bo‘ladi. 
    Ikkinchi mikrofon sahnaning ikki chetidagi tovushlarni qabul qilishi kerak, 
    uning yo‘nalish diagrammasi «sakkiz» shaklida bo‘ladi. S mikrofonda hosil 
    bo‘luvchi signallar maxsus qo‘shib — ayiruvchi sxemaga beriladi. Stereosignal 
    hosil qilishning bu usulini 
    L
    /5 sistemasi deb ataladi. 
    16.2-rasmda MS — Mittel-Seite (O‘rta-chekka) sistemasi asosida 
    stereosignalni hosil qilish sxemasi berilgan. 
    1, 2, 3 ovoz manbalari; 
    M
    — sahnadan to‘liq ovoz axborotni oluvchi mikrofonning yo‘nalish 
    diagrammasi; 

    — sahnaning ikki chekkasidan ovoz qabul qiluvchi mikrofonning yo‘nalish 
    diagrammasi 
    16.2- rasm. MS — Mittel-Seite (O‘rta-chekka) sistemasi asosida stereosignalni 
    hosil qilish sxemasi 

    Download 4,63 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   129




    Download 4,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari

    Download 4,63 Mb.
    Pdf ko'rish