227
Analog TVga raqamli qurilmaning asosiy qismlaridan biri bo‘lgan kanal
dekoderining tuzilish sxemasi 15.6-rasmda keltirilgan.
15.6-rasm. Kanal dekoderining tuzilish sxemasi
Kanal dekoderi tarkibiga kiradigan kanallar selektorida (tyunerda) kirish
modulyatsiyalangan YuCh signal geterodin signali bilan aralashtiriladi. Geterodin
kuchlanish bilan boshqariladigan past quvvatli generator hisoblanadi. Buning
natijasida kanallar selektorining chiqishida
I
va
Q
kvadraturali tashkil etuvchilar
signallaridan iborat modulyatsiyalangan OCh signal shakllanadi. Raqamli OCh
demodulyatorga uzatish uchun
I
va
Q
kvadraturali tashkil etuvchilarni ARO‘
yordamida raqamli shaklga o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Raqamli OCh demodulyator
COFDM
demodulyatori mikrosxemasi hisoblanadi. Demodulyator tizim
mikrokontrolleri orqali
I
2
C
raqamli shina bo‘yicha boshqariladi va dasturlanadi. U
kirish signalining quvvatini baholaydi va kanallar selektorini ishlashini KAR
sxemasi orqali boshqaradi. Bir vaqtda demodulyator boshqarish sxemasi orqali
selektor geterodining chastotasini o‘zgartiradi.