• 2. Temirni rux va qalay bilan tutashgandagi zanglashi
  • Qaytarilgan temirning olinishi




    Download 109.03 Kb.
    bet2/8
    Sana06.06.2022
    Hajmi109.03 Kb.
    #23030
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Temir, cobalt, nikel. Olinishi va xossalari
    2, 13. Категория бытия в философии, O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar, DAVRON, семинар для 2 курса, Raximov. Sh, Yarim gruppa, gruppa tushunchalari va ularga misollar. Reja, 6-sinf dars ishlanma, Ялпи ички маҳсулот статистикаси, Практика 5. Деревья., MvpUzbek, portal.guldu.uz-7-MAVZU O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O’ZGARISHLAR., Boysaidov Kamronbek IAKTmustaqil ishi1, 9-мавзу
    1. Qaytarilgan temirning olinishi
    84-rasmda ko‘rsatilgan urilmani yig‘ing. Kipp apparatini vodorod olish uchun tayyorlang va ajralib chiqayotgan vodorodni tozaligini tekshiring. Yuvuchi idishlarga: 1-qo‘rg‘oshin tuzi eritmasini; 2-kislotali KMnO4 eritmasini; 3-konsentrlangan H2SO4 soling. Bu eritmalar qanday maqsadlarda olingan?

    84-rasm. Qaytarilgan temirni olinishi: 1,2,3,-yuvuchi Tishenko idishlari; 4-o‘tga chidamli shisha naycha

    O‘tga chidamli shisha naychaga yupqa qatlamli Fe2O3 ni joylashtiring va uni shtativga gorizontal holda mahkamlang. Qurilmani germetikligini tekshiring. Vodorod gazini o‘tkazing va 1-2 daqiqadan so‘ng, chiqish teshigi orqali uning tozaligini tekshiring. Vodorodni tozaligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, naychani Fe2O3 solingan joyini qizdiring. Naychani qizg‘ish holga (500-6000C) kelguncha qizdirish kerak, chunki pastroq haroratda o‘z-o‘zidan yonuvchi temir hosil buladi va havoda yengil oksidlanadi. Barcha Fe2O3 qaytarilib bo‘lgandan so‘ng (buni qanday bilish mumkin?), qizdirishni to‘xtating va vodorod oqimini soviting.


    Naycha sovigandan so‘ng, temirni bir qismini bir varaq qog‘ozga seping va uni, xamda Fe2O3 ni magnitga munosabatini sinab ko‘ring. Qaytarilgan temirni qolgan qismini zich berkitiladigan idishga solib qo‘ying. Reaksiya tenglamalarini yozing.

    2. Temirni rux va qalay bilan tutashgandagi zanglashi
    Po‘lat simga yoki skrepkaga yupqa rux metalini, ikkinchisiga xuddi shunday qalay metalini biriktiring. Ikkita probirkaga ozgina suv soling va 2-3 tomchi suyultirilgan H2SO4 qo‘shing. So‘ngra har bir probirkaga Fe2+ ionlari bilan ko‘k rangli birikma hosil qiluvchi qizil qon tuzi K3[Fe(CN)6] eritmasidan soling. Yuqorida tayyorlangan temir-rux va temir-qalay juftlarini probirkadagi eritmalarga tushiring. Qo‘rg‘oshinli temir tushirilgan eritma necha daqiqadan so‘ng rangini o‘zgartiradi? Eritmada qanday ionlar hosil bo‘ladi? Bu nimani ko‘rsatadi?
    Boshqa probirkada rux batamom erigandan keyin eritmani rangini kuzatish mumkin.
    Sodir bo‘lgan reaksiyalarni o‘rganing, bunda elektrodlarini normal (standart) potensiallarini e’tiborga oling (jadval). Ruxlangan va qalaylangan temirni zanglash sxemasini yozing.


    Download 109.03 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 109.03 Kb.