-rasm. Betonli namunalarni standart sinash: kub (




Download 1.56 Mb.
bet4/7
Sana14.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#51211
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Temperaturaviy uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari. Reja
www.idum.uz metod birlashma hujjatlari, Mavzu Avtomobil yo‘llaridagi zamonaviy sun’iy inshootlar turla, Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari, «Ўзбекистон темир йўллари» датк, Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari (1), Mavzu Payvand birikmalar va choklarning asosiy turlari, 18- amaliy Uzluksiz temirbeton oraliq qurilmalarni qurish, Ўзбекистон Республикасини 2030 йилга қадар ижтимоий, a2006 3 4
4.4-rasm. Betonli namunalarni standart sinash: kub (a), prizma (b) va silindrlarni (v) siqilishga mustahkamligini aniqlash uchun

Pressni ishga tushirishdan oldin, yukning o’lchash chegarasi to’g’ri tanlanganligiga ishonch hosil qilish kerak. Buning uchun o’lchash diapazonlari qayta yoqish (pereklyucheniye) dastagi (richagi)ning talab qilinadigan chegara qiymatiga mos o’rnatilganligini tekshirish lozim. Manometrlar bilan kuchlarni o’lchash uchun kerakli manometr yoqiladi, asosan kichik miqdorli yuklarni o’lchash uchun foydalaniladiganlari, boshqa manometrlar esa o’chiriladi. Manometrlarni qayta yoqish uchun pultda har birining o’z ventili mavjud. Kuch o’lchagichlarning ko’rsatgich mili nolda turishi lozim, qayd qiluvchi mili esa – nolda bo’lishi mumkin yoki shunday siljitish kerakki, kutiladigan chegaraviy yuk uning qarshisida o’rnatilgan bo’lagining (deleniye) katta soniga mos kelishi kerak. Qayd qiluvchi ventilning maxovigi va moy chiqarish maxovigi yopiq bo’lishi lozim.


Press elektr dvigatelini ishga tushirgandan so’ng ventilning qayd qiluvchi maxovigi aylanib ishchi silindrga beriladiga moy ochiladi. Bunda namunaning ustki tomoni yuzasi va press plitasi orasida qoldirilgan bo’shliq yo’q bo’lishi va kuch o’lchagichning ko’rsatgich mili harakatining boshlanishi kuzatiladi. Yukning talab qilinadigan oshish tezligi tajriba yo’li bilan qayd qiluvchi ventil yordamida o’rnatiladi. Namunaning yemirilish (sinish) momenti ishlab turgan yuklash qurilmasida kuch o’lchagichning ko’rsatgich milini orqaga harakatlanishi boshlanishi bo’yicha aniqlanadi. Chegaraviy (sindiruvchi) yuk qayd qiluvchi mil ko’rsatgichi bo’yicha olinadi. Agar u bo’lmasa, ko’rsatgich milini e’tibor bilan kuzatish kerak bo’ladi. Harakatlanadigan mil yetib borgan bo’lakning eng katta soni chegaraviy yuk sifatida qabul qilinadi. Mustahkamligi past namunalarni sinashda yemirilish ko’proq davom etadi va ko’p hollarda yukning tekis kaytishi kuzatiladi. Bunday hollarda ham chegaraviy yuk sifatida shkala bo’yicha ko’rsatgich mili erishgan bo’lakning eng katta soni qabul qilinadi. Namuna singandan so’ng, dvigatelni o’chirmasdan, moyni gidrotsilindrdan bakka tekis qaytarish lozim. Buning uchun qaytarish (tashlash-sbros) ventilini ochish va qayd qiluvchi ventilni yopish kerak. Undan keyin dvigatel o’chiriladi. Singan namunaning bo’laklari press (ostki va ustki) plitalaridan extiyotkorlik bilan chshetka yoki latta yordamida olib tashlanadi. Shundan keyin press keyingi sinov o’tkazishga tayyor bo’ladi.
Siqilishga mustahkamlik chegarasini hisoblash uchun sindiruvchi kuch Ru bevosita yo kuch o’lchagich bo’yicha, yoki press uchun tayyorlangan tarirovka jadvali bo’yicha aniqlanadi. Manometrlardan foydalanilganda, sindiruvchi kuch press porsheni yuzasini pressdagi moy bosimining sinish momentidagi maksimal bosimiga (manometrning maksimal ko’rsatgichi) ko’paytirish orqali hisoblash mumkin. Namunaning press plitasiga parallel kesim yuzasi F sinash oldidan o’tkazilgan o’lchash natijalari bo’yicha o’rnatiladi. Namunaning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi R (MPa) quyidagi formuladan aniqlanadi:
R = Pu / F. (4.2)
Betonning cho’zilishdagi mustahkamligi ikki usulda aniqlanadi: bevosita (o’q bo’ylab cho’zilishga sinash) va bilvosita (yorilishga sinash orqali).
O’q bo’ylab cho’zilishga oxiriga kengayib borgan, “sakkiz harfi kabi” deb nomlanadigan kvardrat kesimli namunalar sinaladi (4.5,a-rasm). Namunalar cho’zilishda o’rtasidan, eng kisqa ishchi qismidan sinadi (uziladi), u qismining kesimi 100x100, 150x150 yoki 200x200 mm dan iborat. Oxiridagi kengaygan qismining kesimi tegishlicha 150x150, 250x250 yoki 360x360 mm ni tashkil qiladi. Namunaning ishchi qismining uzunligi ishchi kesim o’lchamiga nisbatan 3 marta, umumiy uzunligi esa yetti marta katta. Kengaygan qismida diametri 6 mm li namunaning yuza tomoniga chiqib turgan va universal sinov mashinalariga biriktirish uchun mo’ljallangan, po’latdan qilingan armatura-montaj ilgaklar joylashtiriladi. Namunaga aniq markaziy cho’zilish sodir qilish imkonini beradigan sangli ushlagichlar (sangovыe zaxvatы) va kardanli sharnirlar bo’lganda, silindrik namunalardan foydalanish (4.5,v-rasm) va cho’zilishdagi mustahkamlikning aniqroq qiymatlarini olish mumkin.
Yorilishga siqilishga sinashdagi kabi kub va silindrlarni ham sinashadi (kublar ikkita qarama-qarshi tomonlarida eni 14 mm bo’lgan charxlangan dami (faskasi)ga ega bo’lishi kerak. Namunalar pressga sxema bo’yicha (4.5,b-rasm) o’rnatiladi. Kublar qirrasi bo’yicha shunday o’rnatiladiki, siqish kuchi uning o’qi bo’ylab, silindrlar esa ularni tashkil etuvchilari bo’ylab (siqish kuchi diametr bo’yicha yo’nalsin) joylashsin. Yuklaganda namunalar ko’ndalang cho’zuvchi deformatsiyalardan yoriladi, shuning uchun yorilish kuchi – betonning cho’zilishdagi mustahkamligining bilvosita tavsifi. Mustahkamlik chegarasi Rts (yorilishdagi cho’zilishga) quyidagi formuladan hisoblanadi:
Rts = 0,52 Ru / a2, ili Rts = 2 Ru /(πdl), (4.3)
bunda: Ru – tarirovka koeffitsiyentlarini hisobga olib aniqlangan sindiruvchi yuk; a – kub o’lchami, sm; d, l –silindr diametri va uzunligi, sm.


Download 1.56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1.56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Betonli namunalarni standart sinash: kub (

Download 1.56 Mb.