• 4.3-rasm. Prujinali manometrning sxemasi: 1 – patrubok; 2 – trubka–prujina; 3 – shkala; 4 – mil; 5 – shesterna; 6 – tortgich (tyaga); 7 – sharnir; 8 – richag
  • Temperaturaviy uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari. Reja: Uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari




    Download 1.56 Mb.
    bet3/7
    Sana14.04.2023
    Hajmi1.56 Mb.
    #51211
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Temperaturaviy uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari. Reja
    www.idum.uz metod birlashma hujjatlari, Mavzu Avtomobil yo‘llaridagi zamonaviy sun’iy inshootlar turla, Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari, «Ўзбекистон темир йўллари» датк, Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari (1), Mavzu Payvand birikmalar va choklarning asosiy turlari, 18- amaliy Uzluksiz temirbeton oraliq qurilmalarni qurish, Ўзбекистон Республикасини 2030 йилга қадар ижтимоий, a2006 3 4
    4.2-rasm. Richag-mayatnikli (a) va prujinali (b) kuch o’lchagichlarning sxemalari: 1 – shtok;
    2 – porshen; 3 – mil;
    4 – shkala; 5 – mayatnik;
    6 – yukni qabul qiladigan richag; 7 – reyka;
    8 tortgich (tyaga);
    9 – prujina

    Presslarda rezbali patrubka 1 yordamida press gidrotizimiga biriktirilgan prujinali manometrlar (4.3-rasm) gidrostatik kuch o’lchagichlar vazifasini o’taydi. Prujinali manometrning asosiy qismi (detali) – aylanasi bo’yicha egilgan ichi bo’sh quvurchasi – oval (tuxumsimon) kesimli prujinadir. Тrubkaning bir uchi patrubkaga 1 payvndlab qo’yilgan, boshqa uchi esa – butkul payvandlab tashlangan va trotgich 6 bilan sharnirli biriktirilgan. Тortgichning erkin uchi sharnir 7 orqali qarama-qarshi uchida tishli reykasi mavjud richag 8 bilan birlashtirilgan. O’qida ko’rsatgich mili 4 kirgizilgan reyka shesternya 5 bilan tishlashgan holatda bo’ladi. Тrubkaga beriladigan moy bosimi qancha ko’p bo’lsa, u shuncha ko’p trubkani to’g’rilashga majburlaydi. Тo’g’rilangan trubka shesterna orqali ko’rsatgich milini aylantiradigan tishli reykali richagni siljishiga olib keladi. Milning siljish qiymati shkalada qayd qilinadi.






    4.3-rasm. Prujinali manometrning sxemasi: 1 – patrubok;
    2 – trubka–prujina; 3 – shkala; 4 – mil; 5 – shesterna;
    6 – tortgich (tyaga); 7 – sharnir; 8 – richag
    Presslarda o’rnatiladigan manometrlar, namunaviy manometrlar bilan davriy tekshiruvdan o’tkaziladi. Namunaviy manometrlarning yuqorida keltirilgan manometrlardan deyarli farqi yo’q; namunaviy manometrlar sinchkovlik bilan tayyorlanishi va

    graduirovka qilishi natijasida faqat o’lchash aniqligi kattaligidadir. Presslar kuch o’lchagichlarining xatoligi ±2% dan katta emas. Presslarning tayanish yuzasi qalin metall plitalardan iborat: (4.1-rasmga q.) ostkisi 5 – press porsheniga, ustkisi 4 – traversaga mahkamlangan. Har xil o’lchamli namunalarni o’rnatish qulay bo’lishi uchun traversaning markaziy uyasida (gnezdo-qismida) vintli para montaj qilingan, unga esa ustki tayanch plitasi mahkamlanadi. Vint shturvalini aylantirib, pressning ustki plitasini qo’lda ko’tarish yoki tushirish mumkin. Katta quvvatli presslar traverslarni siljitish uchun maxsus uzatgichlar (privod) bilan jihozlangan. Ko’pgina presslarda ostki plita bir-biri bilan sferik yuzali biriktirilgan ikki qismdan tashkil topgan. Bunda ustki qismida plita erkin turadi, ostki plitaga nisbatan erkin aylanishi mumkin va shu yo’l bilan namunaning ostki qirrasi tekisligiga parallel holatda plita yuzasini namunaga zich tegishini ta’minlab o’rnatiladi. Ba’zi bir presslarda bunga o’xshash qurilmalar ustki tayanch plitalarda qilingan. Qurilish materiallarini sinash uchun presslarning tegishlicha yuqori yuklash chegarasi 25 dan 5000 kN gacha bo’lgan yetti xil (GOSТ 8905-82): P-2,5; 11-5; 11-10; P-50; 11-125; P-250 i P-500) va IPS markalilari mavjud (4 va 5-rasmlar). Presslarning kuch o’lchagichlari ikkita shkala bilan ta’minlangan, ulardan biri press sodir qiladigan maksimal kuchni, ikkinchisi – maksimal kuchning 50%ga yaqinini o’lchash uchun mo’ljallangan. Ko’proq laboratoriya sharoitida P-2,5 va P-50 presslar qo’llaniladi.
    Presslarda mustahkamlikka sinash uslubi. Namunalarni mustahkamlikka sinashga kirishishdan oldin, foydalanish mumkin bo’lgan presslarning tipi aniqlanadi. Presslarni tanlashda sindiruvchi yuk press chegaraviy yukining Rtax 0,2 dan katta va 0,8 dan kichigini (yuk o’lchashning berilgan shkalasida) tashkil etishi lozim. 0,2 Rmax dan kichik sindiruvchi yukda ularni o’lchash aniqligi kamayadi, 0,8 Rmax ga yaqin yuklarda esa zaruriy yuklash tezligini ta’minlash qiyin, pressning detallari va gidravlik tizimi esa katta yemirilishga uchraydi. Material pasportidagi ma’lumotlar va sinaladigan namunalar o’lchamlaridan kelib chiqqan holda sindiruvchi yuk chamalab (taxminan-oriyentirovochno) hisoblanadi. Press plitasi butun yuzasi bilan namuna yuzasiga tegishi kerak. Bu shart namunani sinash vaqtida plita egilganda buzilishi mumkin. Bu sodir bo’lmasligi uchun plita va namunaning o’lchamlari orasidagi munosabatga amal qilish lozim bo’ladi, ya’ni namunaning eni plita qalinligining 1,25 dan kichik bo’lishi lozim. U toza bo’lishi kerak, iflozliklar va moy qoldiqlari bo’lmasligi kerak, chunki ular sinash shartini ancha o’zgartiradi.
    Siqilishga mustahkamligini aniqlash uchun, tegishli materialga standartlar bilan o’rnatilgan namunalar (har xil o’lchamli kub, silindr va prizmalar) qo’llaniladi (4.4-rasm). Namunalar ularni markazlashtirish belgisi mavjud pressning ostki plitasi o’rtasiga juda aniq joylashtiriladi. Namunalarni to’g’ri markazlashtirish uchun, pressning ostki plitasiga mahkamlangan va namuna markazi shablon markazi bilan mos tushganda signalli qurilmasi ishga tushadigan qilib graduirovka qilingan maxsus shablonlar qo’llaniladi. Shundan keyin maxovikni aylantirib, ustki plita namunaga shunday yaqinlashtiriladiki, ular orasida ozgina bo’shliq qolsin. Press konstruksiyasiga bog’liq holda shar ko’rinishidagi sharnir kallakli ostki va ustki plitalarni aylantirib, namunaning butun yuzasi (tekisligi) bo’yicha bir xil oraliqqa (zazor) erishiladi. Keyin ustki qo’zg’aluvchan plita maxovigini aylantirib, namuna plitalar orasiga qistiriladi, bunda namunaning ostki va ustki tomonlari yuzasi press plitasi yuzasiga to’liq tegib turishiga erishiladi. Undan keyin ustki plitani shunday ko’taradiki, u bilan namuna ustki tomoni yuzasi orasidagi bo’shliq 2 – 5 mm ni tashkil qilsin. Shu bilan namunani pressga o’rnatish oxiriga yetadi.
    a) b) v)



    Download 1.56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Temperaturaviy uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari. Reja: Uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari

    Download 1.56 Mb.