• Issiqlik oʻtkazuvchanlik
  • Issiqlik harakati
  • Termik qarshilik




    Download 5.16 Kb.
    Sana31.10.2023
    Hajmi5.16 Kb.
    #92335
    Bog'liq
    Termik qarshilik-fayllar.org
    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsusta-fayllar.org

    Termik qarshilik

    Termik qarshilik, issiqlik qarshiligi — jism (uning sirti yoki qatlami)ning molekulalarning issiqlik harakati tarqalishiga toʻsqinlik qilish xususiyati. Toʻliq, sirtki va qatlam Termik qarshiliklari farklanadi. Toʻliq Termik qarshilik — bir jism (sirt, qatlam) dan ikkinchisiga issiqlik uzatish koeffitsiyentiga teskari miqdor, sirtki Termik qarshilik — bir jism sirti bilan ikkinchi jism sirti orasida issiqlik almashinish koeffitsiyentiga teskari miqdor, qatlam Termik qarshilikgi — shu qatlam qalinligining uning issiklik oʻtkazish koeffitsiyentiga nisbatiga teng miqdor. Murakkab tizim (mas., koʻp qatlamli issiqlik izolyatsiyasi) Termik qarshilikgi uning alohidaalohida qismlari Termik qarshiliklari yigʻindisiga teng. Termik qarshilik son jihatdan issiklik oqimi birligi (1Vt/m2) ni jism sirtiga yoki modda qatlami orqali uzatish uchun zarur temperatura bosimiga teng. U m2K/Vt orqali ifodalanadi. Termik qarshilik ni bilish issiqlik texnikasi, qurilishda, binolarni isitish va boshqa sohalarda juda muhim (qarang Issiqlik almashinishiIssiqlik oʻtkazuvchanlik, Issiqlik harakati).
    Issiqlik oʻtkazuvchanlik - biror muhitda uning turli qismlaridagi temperaturaning muvozanat qiymatidan chetlashishi natijasida issiqlik oqimining vujudga kelishi hodisasi. I. oʻ. issiqlik oqimi zichligi bilan uni vujudga keltirgan moddadagi temperatura gradiyenti orasidagi proporsionallik koeffitsiyenti — I. oʻ. koeffitsiyenti % bilan ifodalanadi. Har xil jism is-siqlikni turlicha oʻtkazadi. Masalan, qat-tiq yoki suyuq jismlarning I. oʻ. xossasi gaznikidan yuqori. Kumush eng katta I.oʻ.gaega: x=428J/m-strad). Qat-tiqjismning I. oʻ. i uning tuzilishiga bogʻliq. Gʻovak jismlarniki kichik (chunki gʻovaklarni toʻldiruvchi gazning I. oʻ. i kichik). Issiqlikni jismning zarralari (zarralar tebranishi tufayli issiqlikni biridan ikkinchisiga uzatadi), shu sababli metallarning I. oʻ. koʻrsatkichi katta boʻladi. [1]
    Ji smning ixtiyoriy kesimi orqali, tanlangan oʻqqa normal holda Fure qonuni (1820 y) bilan ifodalanuvchi issiqlik uzatishlari sodir boʻladi:
    ∆Q=-Ň (dT/dX)F∆t.
    Bu yerda: ∆Q - ∆t vaqt ichida F kesimli yuza orqali oʻtuvchi issiqlik miqdori, Ň - modda xossalariga bogʻliq boʻlgan issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti.

    Issiqlik harakati - moddani tashkil etgan zarralar (molekulalar, atomlar, elektronlar va b.)ning tartibsiz (xaotik) harakati. Termodinamik muvozanatli holatdagi zarralarning barcha yoʻnalishlaridagi teng ehtimolli tartibsiz harakati xaotik harakat deyiladi.
    Real gaz molekulalari bir toʻqnashishdan keyin ikkinchi toʻqnashishgacha toʻgʻri chizikli tekis harakatlanadi. Gazdagi molekulalarning bu ilgarilanma harakatlari barcha yoʻnalishlarda xaotik harakatdir. Molekula ilgarilanma harakatining oʻrtacha kinetik energiyasi energiyaning teng taqsimlanishi qonuniga binoan, =3-(kT/2). Issiqlik harakatining intensivligi miqdoriy jihatdan temperatura T orqali aniqlanadi (k — Bolsman doimiy-si). Siyrak gaz molekulalarining Issiqlik harakati tufayli uning idish devoriga bosimi quyidagicha ifodalanadi: r=pkT, bunda p — hajm birligidagi molekulalar soni (zichligi). Oʻzgarmas bosimda gaz temperaturasi T pasayishi va zichligi p ortishi bilan erkin yugurish yoʻli kamayadi va ilgarilanma harakat bilan bogʻliq tartibsiz harakat susayadi.
    Suyuq holatdagi modda molekulasi oʻz atrofidagi molekulalar bilan aylanma va tebranma harakatda doimo toʻqnashishda boʻladi; molekula amorf jis-mlar, jumladan, suyuqliklarda molekulalarning Issiqlik harakati — vaqtincha muvozanatli holatlari atrofida tartibsiz joylashgan molekulalarning tebranma harakatlaridan va bu harakatlar davomida ularning baʼzan bir muvozanatli tebranish holatlaridan boshqalariga sakrashlaridan iborat. Kuchli yopishqoq suyuqliklarda, ayniqsa, amorf jismlarda, jumladan, shishalarda bunday sakrashlar nihoyatda oz boʻladi. Suyuklik molekulalarining Issiqlik harakatidagi tartibsiz ilgarilanma harakati shu sakrashlar tufayli sodir boʻladi. Temperatura ortishi bilan Issiqlik harakatini ifodalovchi tebranma harakatlar va sakrab oʻtishlar kuchayadi.
    Qattiq jismda Issiqlik harakati — undagi atomlarning muvozanatli holatlari atrofida kichik tebranishlaridan iborat; temperatura ortishi bilan tebranishlar am-plitudalari kattalashadi. Kristallanish temperaturasida kristall va suyuklikning issiklik sigʻimlari bir-biridan kam farqlanadi; binobarin, ulardagi Issiqlik harakatilar bu temperaturada taxminan bir xil xususi-yatga ega boʻladi. Kristall qattiq jismda Issiqlik harakatining susayishi tufayli, maʼlum oʻtish tralarida, mas, paramag-nitning ferromagnitga yoki antiferromagnitga oʻtishida tartibsiz aylanma harakat tartibli holatga oʻtadi. Kristall qattiq jismlar atomlarining Issiqlik harakati, kvant statistikaga asosan, fononlar gazi orqali tavsiflanadi; issiklik qattiq jismda fononlar yordamida uzatiladi.[1]
    http://fayllar.org
    Download 5.16 Kb.




    Download 5.16 Kb.