Autentifikatsiya (authentication) – bu xohlamagan kishini tarmoqqa kirishini oldini olish va qonuniy foydalanuvchi uchun kirishga ruhsat berishdir. «Autentifikatsiya» atamasi lotin tilidan tarjima qilinganda «aslini o‘rnatish» so‘zini anglatadi. Autentifikatsiyani identifikatsiyadan farqlash zarur. Identifikatsiya o‘zida tizim foydalanuvchisini identifikatorini aks ettiradi, bu vaqtda autentifikatsiya esa - bu foydalanuvchini o‘zi ekanligini tasdiqlovchi, ya’ni kiritilgan identifikator unga tegishliligini aniqlash demakdir.
OT xavfsizligi vositalari - Xavfsizlik siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilar:
Har bir ishchini bajaradigan ish hajmidan kelib chiqib ma’lumotlardan foydalanish darajalarini belgilab berish;
Xavfsizlikni ta’minlashga barchani safarbar qilish;
Ko‘p pog‘onali ximoyalash tizimini ishlatish, barcha pog‘onalarda himoya
ishonchliligini bir xil balansda bo‘lishiga e’tibor berish;
Rad etishlar yuz berganda maksimal himoyalash holatiga o‘tuvchi vositalardan foydalanish;
Yagona nazorat-o‘tkazish nuqtasi tamoyili, ya’ni barcha kirish va chiqish trafiklari yagona bitta tarmoq tuguni orqali o‘tishidir.
Misol uchun, tarmoqlararo ekran (firewall) orqali o‘tishi;
Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf va uni bartaraf etish uchun zarar
darajasidagi balansni saqlash. Hech qanday xavfsizlik tizimi 100% ma’lumotlar himoyasini kafolatlamaydi. Shunga ko‘ra ko‘riladigan zarar va xavf o‘rtasida balans bo‘lishi lozim.
OT grafik rejimi – Operatsion tizimlar bajaradigan vazifasiga, masalalarga ishlov berish rejimiga, tizim bilan bog‘lanish usuliga, qurish usullari bo‘yicha sinflarga ajratiladi. Vazifasiga qarab sinflarga ajratishda operatsion tizimlarning turlari ko‘pligi yaqqol tashlanadi. Chunki hisoblash texnikasi turlari qancha bo‘lsa, operatsion tizim turlari ham shunchadir: meynfreym operatsion tizimlar, server operatsion tizimlar, ko‘pprotsessorli, shaxsiy kompyuterlar uchun uchun, real vaqt operatsion tizimlar, mobil va boshqalar operatsion tizimlariga bo‘linadi.
Birinchi grafik interfeysli OT - OT ishga tushganida siz birinchi grafik foydalanuvchi interfeysi (Graphical User Interface) ni ko'rasiz. Bu foydalanuvchiga qurilmani grafika orqali boshqarishga imkon beradi. OT bilan muloqot qilishning yana bir yo'li - buyruq-qatori interfeysi (Command-Line Interface) dir.
OT yadrosi – bu operatsion tizimning markaziy qismi, bu kompyuterning resurslariga, masalan, protsessor vaqti, xotira, tashqi apparat, tashqi kirish moslamasi va chiqish kabi dasturlarga muvofiqlashtirilgan kirishni taʼminlaydi. Shuningdek, yadro odatda fayl tizimi va tarmoq protokoli xizmatlarini taqdim etadi. Operatsion tizimning asosiy elementi sifatida yadro ilovalar uchun zarur boʻlgan tizim resurslariga kirish uchun abstraktsiyaning eng past darajasi hisoblanadi. Odatda, yadro protsesslararo aloqa mexanizmlari va operatsion tizim tizimidagi qoʻngʻiroqlarga dastur qoʻngʻiroqlari yordamida tegishli dasturlarning bajariladigan jarayonlariga bunday kirishni taʼminlaydi.
OT yuklanish jarayoni - Operatsion tizimni yuklash A diskiga o'rnatilgan floppi diskning birinchi sektorini o'qishga urinish bo'lgan yuklash protsedurasidan boshlanadi: (yuklash floppi diskida bu sektor operatsion tizim yuklagichini o'z ichiga oladi). Drayvga tizim floppi o'rnatilgan bo'lsa, undan yuklovchi o'qiladi va boshqaruv unga o'tkaziladi.
Dasturiy mahsulot turlari - Dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan. Dasturiy mahsulotlarni yaratishga ko‘plab mehnat, moddiy va moliviy zaxiralar talab etiladi.
Tizimli DT - Tizimli DTni tarkibiga quyidagilar kiradi:
• Operatsion tizimlar;
• Servis dasturlar;
• Dasturlashtirish tillari translyatorlari;
• Texnik xizmat dasturlari.
Uskunali DT - yangi dasturlarni ishlab chikish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bulib xizmat kiladi, ya'ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga muljallangan.
Amaliy DT - bu aniq bir prеdmеt soxasi bo’yicha ma'lum bir masalalar sinfini еchishga muljallangan dasturlar majmuasidir. Kompyuterdan amaliy maqsadda foydalanishimkonini beruvchi, masalan matn tayyorlash, elektron jadvallar bilan ishlash, Ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish, biror fan bo’yicha o’rgatish va sinov ishlarini amalga oshiruvchi dasturlar, grafik va video axborotlarni qayta ishlash, internetdagi Web saydlarni ko’rish uchun mo’ljallangan brauzerlar va shunga o’xshash maqsadlarda ishlatiluvchi dasturlar amaliy dasturlardir.
DRIVER - Driver atamasi uchun bitta aniq ta'rif berish qiyin. Eng asosiy ma'noda drayver operatsion tizim va qurilmaning bir-biri bilan aloqa qilishiga imkon beruvchi dasturiy ta'minot komponentidir.
Fayl tizimlari - bu operatsion tizimning qismi bo’lib, uning vazifasi foydalanuvchiga diskda saqlanayotgan berilganlar bilan ishlash uchun qulay interfeysni yaratish, va faylllardan bir nechta foydalanuvchilar va jarayonlarda birgalikda foydalanishini ta’minlashdan iborat.
WINDOWS 95 - 16-razryadli / 32-razryadli gibrid grafikali operatsion sistema boʻlib, Microsoft tomonida 1995 yilning 24 avgustida chiqarilgan.
WINDOWS XP - Windows NT oilasiga kiruvchi Microsoft tomonidan yaratilgan operatsion sistema. 2001 yilning 25 oktyabrida chiqarilgan bo'lib
Windows 2000 Professionalning rivojlanishidir. XP soʻzi inglizcha experience (tajriba) deb yoyiladi.
WINDOWS 7 - Microsoft Windows operatsion tizimining chiqarilishi, Windows Vista- ning vorisi. 2010-yil may oyida u Windows tizimlarining barcha foydalanuvchilar orasida 20.09% foydalanuvchilar tomonidan ishlatilgan[3]. Bu shuni anglatadiki, ushbu tizim yil davomida o'zidan oldingi Vista-ga qaraganda ko'proq kompyuterlarga o'rnatilgan. Microsoft tomonidan qo'llab-quvvatlash 2020-yil 14-yanvarda yakunlandi. Shunga qaramay, 26,64% foydalanuvchilar undan foydalanishadi.
Pusk va metro rejimi - interfeysi to'liq qayta ko'rib chiqilgan va vizual ravishda Zune HD interfeysiga o'xshaydi. Microsoft bosh Ekranni qayta ishladi, vertikal ravishda aylanadigan "plitkalar" ishlatiladi va ularni tezda ishga tushirish uchun sozlash mumkin, kontaktlar yoki boshqaruv havolalari, vidjetlar mavjud. Windows Phone 7 Series multi-touch texnologiyasi bilan yanada qulay foydalanuvchi interfeysiga ega bo'ladi.
|