TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI
QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALSH
SITQI BO’LIM
MUSTAQIL ISH
MAVZU- CHALA CHO’LLAR ZONASINING TUPROQLARI:
BAJARDI: 215-guruh talabasi Ibragimov Murodjon
TEKSHIRDI: Ch.Begimqulov
TERMIZ 2024 YIL
MAVZU
CHALA CHO’LLAR ZONASINING TUPROQLARI.
Reja
Chala cho’l tuproqlari
Chala cho’l tuproqlari joylashgan hududlar
Chala cho’l tuproqlari haqida umumiy ma’lumot
Zona tuproqlarining maydoni, chegarasi va tabiiy sharoitlari. Chala cho‘llarning qo‘ng‘ir tusli tuproqlari o‘tloq-dasht qo‘ng‘ir tusli tuproqlari hamda sho‘rtoblar kompleksi bilan birga, qariiyib 34 mln. ga ni tashkil etadi. Asosan Kaspiy va Orol dengizlarining shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab va Qozig‘iston past tog‘larining Janubiy qismida tarqalgan. I q l i m i. Qo‘ng‘ir tusli tuproqlar tarqalgan chala cho‘llarning iqlimi juda quruq va kontenental. Yillik o‘rtacha harorat 6-7 0 S iyulda 21-270 , yanvar oyida minus 10-15 0 Sni tashkil etadi. Yozi uzoq bo‘lib, quruq va issiq, qishi esa sovuq va kam qorli. Yillik yog‘in miqdori 100-250 mm. Yog‘inlar miqdoriga nisbatan bug‘lanish 4-5 marta ko‘p. Shuning uchun ham tuproq yuvilmaydigan suv rejimiga ega va tuproqda nam yetarli bo‘lmaydi. Relyefi va tuproq paydo qiluvchi ona jinslari. Bu zonaning relyefi turli tuman. Tekisliklar, qir-adirlar va past tog‘lardan iborat. Kaspiy bo‘yi pasttekisligida dengiz cho‘kindilarini qoplab turuvchi lyossimon qumoqlar va turli darajada sho‘rlangan allyuvial-ko‘l cho‘kindilaridan iborat tuproq paydo qiluvchi ona jinslar uchraydi. Bu yerda uchlamchi davrning turli tusdagi sho‘rlangan qumoq jinslari ham keng tarqalgan. Balandliklar oralig‘idagi vodiylarda mayda zarrachali fraksiyali ancha qalin jinslar ham mavjud. To‘rg‘ay balandligi chegarasida qo‘ng‘ir tusli changsimon, ko‘pincha sho‘rlangan og‘ir qumoqlardan iborat ona jinslar uchraydi va uning ostida shag‘alli qatlam yotadi. Yer osti (sizot) suvlari ancha chuqurda joylashgan. O‘simliklari. Iqlimning quruq bo‘lishi, ona jinslar va tuproqning ko‘pincha sho‘rlanganligi, o‘simliklar qoplami tarkibiga kuchli ta‘sir etadi. Bu zonada o‘simliklar juda siyrak va yer yuzasining 30-40 foizini qoplagan bo‘ladi. O‘simliklarning juda kompleksli bo‘lishi xarakterli. Chala cho‘llarning qo‘ng‘ir tusli tuproqlari efemerlar va efemeroidlar ancha aralashgan tipchoq – shuvoqli o‘simliklar assosiasiyasi ostida rivojlanadi. Bu tuproqlarda har xil shuvoqlar (Artemisia arenaria, A/ lorcheana, A. Pociflora, A. Schrenkiana, izen (prutnyak) (Kochia prostrata), kamforosma (Somphorosma mons peliocum), ko‘kpechak (Atriplex cana), biyurg‘un (Anabasis Salsa), romashnik (Piret rumachtileifolum) keng tarqalgan. Shuningdek, bahorda efemerlar bilan birga lishayniklar va ko‘k-yashil suv o‘tlari uchraydi. Bu o‘simliklarning tarqalish nisbati va yer yuzasini qoplash darajasi tuproqning sho‘rtoblanish va sho‘rxoklanishiga bog‘liq. Daraxtchil va butilardan qurg‘oqchilik hamda sho‘rga chidamli har xil yulg‘unlar tarqalgan. Daryo sohillarida turli daraxtlar (terak, tog‘ teragi, qayin singarilar) o‘sadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/geologiya/o-zbekiston-tuproqlari-3
https://kompy.info/?q=Chala+cho%27llar+tuproqlari
|