|
- mavzu. Soyani mahalliy va xorijdan keltirilgan navlarining
|
bet | 3/6 | Sana | 07.09.2024 | Hajmi | 94,5 Kb. | | #270547 |
Bog'liq Soya dastur tayyori8- mavzu. Soyani mahalliy va xorijdan keltirilgan navlarining
umumiy tavsifi.
Soyaning Davlat reestriga kiritilgan mahalliy va xorijiy navlar tavsifi:
Orzu, Nafis, Parvoz, Do‘stlik, O‘zbek-2, O‘zbek-6, Baraka, Sevinch, Madad,
Toshkent, Ustoz MM-60,
Soyaning Davlat reestriga kiritilgan xorijiy navlar tavsifi: Selekta-201,Selekta-302, Sava, Evrika, Nena.
9-mavzu. Soyani o‘tmishdoshi, yerni ekishga tayyorlash, o‘g‘itlash
Soya o‘tmishdoshi, asosiy, ekishdan oldin va amal davrida ishlov berish texnologiyalari, sifat ko‘rsatkichlari, muddatlari, turlari. Soyani oziqaga bo‘lgan talabi. Organik o‘g‘itlar, madaniy o‘g‘itlar, qo‘llash muddatlari, me’yorlari, nisbati. hosildorlikka ta’siri
10-mavzu. Soya urug‘ini ekish uchun tayyorlash va ekish texnologiyasi.
Soya ekinini parvarishlash.
Soyani ekish muddati-asosiy va takroriy ekish muddati, soyani ekish usuli-keng qatorlab va tor qatorlab; ekish me’yori, oziqlanish maydoni
Soyada mikroo‘g‘itlarni va suspenziyani qo‘llash texnologiyasi. Soya qator orasiga ishlov berish, sug‘orish, begona o‘tlarga qarshi kurashish
11-mavzu. Soyani ozuqa uchun yetishtirish texnologiyasi
Soyani ko‘kat ozuqa uchun yetishtirish texnologiyasi. Ekish, parvarishlash va ko‘k massa uchun o‘rib olish.
12-mavzu. Soyada defoliatsiya o‘tkazish va hosilni yig‘ish
va donni saqlash texnologiyasi.
Takroriy ekilgan soya ekinida defoliatsiya o‘tkazish texnologiyasi. Hosilni yig‘ish va dastlabki ishlov berish, saqlash.
III. Amaliy mashg‘ulotlar.
Amaliy mashg’ulotlar mul’timedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosisib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanishi maqsadga muvofiq.
Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya qilinadi:
Soyaning sistematikasi, madaniy va yovvoyi turlari
Soyaning ildiz, tuganaklar, poya, shox va barg tuzilishi
Soyaning gul va meva tuzilishi, urug‘ning kimyoviy tarkibi
Soya ekinida fenologik kuzatuvlarni olib borish tartibini o‘rganish
Soya ekinida barg yuzasini aniqlash
Soyada fotosintez mahsuldorligini aniqlash
Soya navlarini o‘simlik tuzilishi bo‘yicha farqlanishini o‘rganish
Soyada oziqlanish maydonini aniqlash. Soya navlari bo‘yicha urug‘ unib chiqishi uchun suv sarfini aniqlash
Soyada o‘g‘it me’yorini aniqlash va don sifatiga ta’sirini
tahlil qilish
Soyani ekish muddati va usulini soya hosildorligi
va morfologiyasiga ta’sirini tahlil qilish
Soyani asosiy va takroriy ekin sifatida yetishtirish texnologiyasi bo‘yicha agrokalendar tuzish va namunaviy texnologik kartani o‘rganish
Soyaning biologik hosilini va hosil tarkibini aniqlash
|
| |