|
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
|
bet | 4/6 | Sana | 07.09.2024 | Hajmi | 94,5 Kb. | | #270547 |
Bog'liq Soya dastur tayyoriIV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan topshiriqlar:
Soyaning kelib chiqish markazlari, ularning iqlim sharoitlari
Soyaning simbiotik faoliyati tahlili
Soyaning yer yuzida yetishtirish tarixi
Viloyatlarda soya yetishtirish holati va istiqbollari
Soya ekini bo‘yicha tadqiqot o‘tkazgan mahalliy va xorijiy olimlarning asosiy ishlari
Rossiya soya navlarining tavsifi
Yevropa va Qozog‘iston soya navlarining tavsifi
Soyani AQShda yetishtirish texnologiyasi
|
V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
Fanni o‘qitish jarayonida zamonaviy uslublardan foydalanish, sohadagi muammolarni ta’limning ommaviy shakllari bilan bog‘lab, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlab borish lozim. Har bir mashg‘ulot talabaning soha bo‘yicha mustaqil ishlashi bilan mustahkamlanib borishiga alohida ahamiyat bermoq kerak.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- soya ekinining biologiyasini shakllanish sharoitini, kelib chiqish markazlarini, ekinning fotosintetik faoliyatini; ekinni o‘sish va rivojlanishini boshqarishi haqida;
- O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitiga mos soya navlarini tanlash, ularni biologiyasiga mos yetishtirish elementlarini qo‘llash va hosil shakllanish jarayonini boshqarishi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- soyani tashqi muhitga talabiga asoslanib maqbul ekish muddati, me’yori, o‘g‘it me’yori, mikroo‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish, nitraginni qo‘llash hosilni rejalashtirish, sug‘orish tizimini to‘g‘ri shakllantirish va navlari bo‘yicha ekologik toza mahsulot yetishtirish asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- rivojlanishi bo‘yicha ekinlarni holatiga baho berish, fotosintetik va simbiotik faoliyati xolati; urug‘larni sifatini aniqlash; hosil shakllanish jarayonini baholash va boshqarish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
- muayyan sharoitga soya hosilini rejalashtirish malakalariga ega bo‘lishi
|
4
|
|
|
| |