|
III. O‘QUV MATERIALLARI MAZMUNI
|
bet | 2/6 | Sana | 07.09.2024 | Hajmi | 94,5 Kb. | | #270547 |
Bog'liq Soya dastur tayyoriIII. O‘QUV MATERIALLARI MAZMUNI
3.1. Ma’ruza mashg‘ulotlari
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
1-mavzu. “Soya biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi” fanining
maqsadi va vazifasi. Soyaning ahamiyati
“Soya biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi” fanining maqsadi va vazifasi. Soyaning oziq-ovqat, sanoat, texnika, chorvachilikdagi va agrotexnik ahamiyati.
2-mavzu. Soya biologiyasining shakllanish sharoitlari,
yetishtirish tarixi va tarqalishi
Soya biologiyasining shakllanish sharoitlari to‘g‘risida tushuncha, soyaning kelib chiqish markazlari, soyaning tarixi, kelib chiqishi, tarqalishi, yetishtirishni respublikadagi ahvoli, istiqbollari.
3-mavzu. Soyaning vegetativ rivojlanishi va morfologiyasi
O‘suv davrida soyaning unib chiqish, maysalanish, shoxlanish, shonalash, gullash, meva hosil qilish, pishish davrlarni o‘tadi. Har bir davrni o‘tish sharoiti, talab qilinadigan tashqi muhit omillari. Soya morfologiyasi.
4 mavzu. Soyaning tashqi muhitga talabi (issiqlik, yorug‘lik, namlik,
tuproq va oziqa)
Unib chiqish jarayonida issiqlikka talabi. Generativ organlarini rivojlanishida issiqlikka talabi. Amal davrida faol xarorat yig‘indisi.
Sovuqlikka munosabati. Soyaning suvga, oziqa va tuproqqa talabi,
5-mavzu. Soyaning rivojlanish davrlari va o‘tish sharoiti
Urug‘ning unib chiqishi va maysalarning shakllanishi, shoxlanish va shonalash, gullash, dukkaklarning shakllanishi, pishish fazasi.
6-mavzu. Soyaning generativ rivojlanishi va organogenez bosqichlari
Soyaning generativ rivojlanishi bosqichlari va organogenez bosqichlari
7 mavzu. Soyaning fotosintetik faoliyati
Barg soni, barg yuzasi, fotosintez mahsuldorligi, fotosintetik imkoniyati, fotosintetik faoliyatiga yetishtirish texnologiyaning ta’siri
|
| |