|
Termiz davlat pedagogika instituti matematika va informatika fakulteti matematika va informatika yo
|
bet | 11/14 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #231778 |
Bog'liq Adobe Photoshop dasturida rasmlar bilan ishlash jarayonida filtrlar va effektlardan foydalanishning ahamiyati. (2)1.5-chizma. Web-saytni yaratish darchasi.
Web-uzel asos sifatida foydalanishda quyidagi shablonlardan birini tanlash mumkin:
-bitta bo'sh sahifadan iborat One Page Web -sayti;
-Customer Support Web-buyurtmachilarning quvvatlash sayti. Uning yordami bilan buyurtmachilar va haridorlar xatolar ro'yxatini, ilgarigi muammolarni bartaraf qilish bo'yicha qarorlarni, mahsulot va xizmatlarni takomillashtiruvchi takliflarni olishlari mumkin;
Empty Web-bo'sh sayt ya'ni sahifani muallifning o'zi yaratadi va qo'shib qo'yadi;
Personal Web shaxsiy sayt yaratuvchi shaxsiyati aks etadigan qator sahifalar;
Project Web-sayt loyihasi qandaydir loyiha uchun ishlatiladigan markaziy informatsion forum. Bu shablon uy saxifasini yaratadi, unda loyiha ishtirokchilari berilgan loyiha bo'yicha masalalar jadvali, loyiha bo'yicha joriy ishlar holati, qidiruv sahifalari, har xil shakllar va diskussion sahifalar, shu bilan birga hamma boshqa manzillarga havola etish dastaklarini o'z ichiga olgan sahifalar sanab o'tiladi.
Web-uzel va sahifalarni yaratuvchi masterlar esa nisbatan ancha ko'p imkoniyatlarni taqdim etadilar. Web-uzellar uchun quyidagi masterlardan foydalanish mumkin.
Corporote prence wizard-kompaniya vakolatxonasini yaratish masteri. Uning yordami bilan internetdagi o'z biznesini taqdim etish uchun uzel yaratish mumkin;
Diskussion web wizard-xoxlagan mavzuda joyini yaratib beruvchi diskussion guruh saytini masteri. Bunda har bir foydalanuvchi xuddi mos keladigan maqola kabi rasimiylashtiriladigan muxokamalardan biri ramkasida o'z fikr va muloxazalarni izxor etishi mumkin;
Import Web Wizard-import satrlar Masteri. Bu master mavjud Web-uzelning barcha fayllarini Front Page 2000 ga ulash va ulardan yangi sayt yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari Front Page 2000 oldingi versiya saytlarini import qilishda foydalanishi mumkin.
Diskyssion Web Wizard masteri asosida Web-sayt yaratishni batafsil ko'rib chiqamiz. Birinchi qadamda. berilgan master piktogrammasi bosilgach, bu master nimaga mo'ljallangan va uning imkoniyatlari to'g'risidagi axborotli xabar paydo bo'ladi. Next tugmasini bosish navbatdagi qadamga olib boradi.
1.6-chizma. Diskussion guruhlar saytini yaratishdagi ikkinchi qadam.
Bu erda qancha sahifa tiplari Web-uzelga ulanishini ko'rsatish zarur-diskussion forma (shakl) mundarija sahifasi, qidiruv formasi, savollar keltirilgan sahifa, daraxt ko'rinishdagi jadvallar va fikrlar va tasdiqlovchi sahifa. Muallif o'z xoxishiga ko'ra nokerak sahifalarni (birinchisidan tashqari-u diskussion saytning asosini tashkil qiladi) olib tashlashi mumkin.
Uchinchi qadamda diskussiya nomini va diskdagi papka ismini kiritishi zarur.
To'rtinchi qadamda diskussiyaga yoqish uchun ba'zibir maydon kalitlari beriladi. Zaruriyat yuzasidan keyinchalik miqdor va imzolarni korrektirovka qilish mumkin.
Beshinchi qadamda, diskussiya yopiq saytda o'tadimi va faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar ishtirok etadimi yoki diskussiya ochiq tarzda o'tadimi kabi savollarga javob izlanadi.
|
| |