|
Termiz davlat pedagogika instituti matematika va informatika fakulteti matematika va informatika yo
|
bet | 1/14 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #231778 |
Bog'liq Adobe Photoshop dasturida rasmlar bilan ishlash jarayonida filtrlar va effektlardan foydalanishning ahamiyati. (2)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MATEMATIKA VA INFORMATIKA FAKULTETI
MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI
3-BOSQICH 306-GURUH TALABASI
XUSHMAMATOVA DINORANING
KOMPYUTER GRAFIKASI VA VIZUALLASHTIRISH FANIDAN
TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Mavzu:Adobe Photoshop dasturida rasmlar bilan ishlash jarayonida filtrlar va effektlardan foydalanishning ahamiyati.
Kurs ishi rahbari:_________ Mamayusupov M
Bajardi:_________Xushmamatova D
Termiz 2024-2025
MUNDARIJA
MUNDARIJA .....................................................................................................
KIRISH ...............................................................................................................
I BOB. ADOBE PHOTOSHOP RANG MODELLARI VA SOZLANMALARI 4
1.1 Kompyuter grafikasida ishlatiladigan rang modellari. 4
1.2 Adobe Photoshopda rang rejimlari 10
1.3 Adobe Photoshopda tasvir rang modelini o'zgartirish 17
II BOB.ADOBE PHOTOSHOP DASTURDA FILTIRLAR VA EFFEKTLAR ...... BILAN ISHLASH 22
2.1 Adobe photoshop dasturida filtrlar bilan ishlash 22
2.2 Adobe photoshop dasturida effektlar bilan ishlash 26
XULOSA 35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 36
KIRISH
Kurs ishining maqsadi:Dasturlashtirishga oid universal - maktab o'quvchisidan aspirantgacha, muhandisdan hisobchigacha ma'qul bo'ladigan kitob yaratish mushkul. Shuni nazarda tutib, komp'yuter grafikasi bilan ishboshlovchilar uchun yetarli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ushbu o'quv qo'llanma yuqorida aytilgan ehtiyojni ma'lum darajada qondiradi.
Tajriba shuni ko'rsatadiki, komp'yuter grafikasi bilan ishlashni o'rganishni boshlagan foydalanuvchilar EHM qurilmalarining tuzilishi bilan tanishmasdan turib o'z bilimlarini mustaqil chuqurlashtira olmaydilar.
Komp’yuter grafikasi geometrik jismlar, shakl va tamoyillarining matematik modellari hamda ularni namoyish etish usullari to'g'risidagi fan sifatida aniqlash mumkin.
Komp'yuter tasvirlariga bo'lgan qiziqish,ularda juda katta hajmdagi ma'lumotlar saqlanishi bilan izohlanadi: tasvirlarni yaqqol namoyish etish imkoniyati mavjud bo'lib, ularni tahlil etish uchun axborot texnologiyalari sohasida maxsus bilimlar talab qilinmaydi.
Komp'yuter grafikasi mustaqil yo'nalish sifatida XX asrning 60-yillarida paydo bo'ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. O'sha paytda kesmalar yordamida chizish , ko'rinmas chiziqlarni o'chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlabchiqilgan edi. Bu yo'nalishdagi ilk ishlar rastrlig rafikani rivojlantirishga ya'ni, chiziqlarini kesmalar orqali chizishga yo'naltirilgan edi.Shuning uchun ham kompyuter grafikasi fani hayotimizda muhim o`rin tutadi. Yurtimizda ham dasturlashga bo`lgan talab va e`tibor oshib bormoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy majlisga qilgan murojaatnomasida ta`kidlangan «Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda 1 million dasturchi» loyihasini amalga oshirilishi dasturlashga bo`lgan e`tibordan darak beradi.
Bu loyihadan ko`zlangan maqsad kelgusida jamiyatimizning qurilish, energetika, qishloq va suv xo`jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog`liqni saqlash, ta`lim, arxiv sohalarini raqamlashtirishdan iborat.
Hozirda kompyuter grafikasi ilmiy xodimlar uchungina emas, balki rassomlar,
loyihachilar yaratuvchilar, o`qitish jarayoni va boshqa sohalarda keng qo`llanilmoqda.
|
| |