Fan va texnologiya




Download 4,59 Mb.
bet1/44
Sana23.05.2024
Hajmi4,59 Mb.
#251140
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslar


Kattakishiyev В., Mamayusupov I. Strategik menejment. fanidan praktikum. - Т., “Fan va texnologiya”, 2008, 192 bet.
Strategiya shungay uchun ham jarayon hisoblana-diki, u aniq belgilangan uch bosqichni o‘z ichiga oladi:
1) strategik tahlil;
2) strategik tanlov;
3) strategiyaning amalga oshirilishi va menejmenti.
Strategiyaning birinchi bosqichi strategik tahlilning maqsadi - informatsiyalar (ma’lumotlar) yig‘ish. Chunki biz biror masala bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilishda mos va kerakli informatsiyalarga tayanamiz.
Strategik tahlilda ikkita asosiy etap mavjud (1-rasm). (6-b.)

1-rasm. Strategik jarayon chizmasi. (7-b)


Strategik tahlilning ikkinchi etapi bo‘lib tashkilotning tashqi muhitini o‘rganish hisoblanadi, ya'ni tashqi tahlildir. Bu etap tashqi muhitning ≪ikki≫ qatlami ya’ni mikromuhit yoki tashkilotning yaqin о'rami (окружения) va makromuhit yoki tashkilotning uzoq o‘rami (окружения)ш izchil tahlil qilishdan iborat.
…makromuhitni to‘rt xil - siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiydemografik va texnologik ta’sir etish doiralari bo‘yicha ko'rib chiqishni taklif etadi. (8-b.)
Tashqi tahlilning o‘tkazilish munosabati bilan to‘plangan informatsiyalar yordamida kompaniya hayot faoliyati uchuh qanaqa xavf-xatarlar va qanday imkoniyatlar mavjudligi aniqlab olinadi.
Tashkilotning ichki kuchli va zaif tomonlari hamda tashqi ta’sir tomonidan imkoniyatlar va xavf-xatarlari aniqlangandan so‘ng, zaif tomonlar va xavf-xatarlarni hisobga oladigan hamda tashkilotning kuchli tomonlari yangi imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ko‘zda tutadigan strategiyani tanlash bo‘yicha qiyin masala turadi.
Ko‘pchilik adabiyotlar shu jumladan, ushbu qo'llanma ham. makromuhitni to‘rt xil - siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiydemografik va texnologik ta’sir etish doiralari bo‘yicha ko'rib chiqishni taklif etadi.
CBOT - tahlil SWOT - strengths (kuch - • сила), weaknesses (zaif tomonlari - слабые стороны), opportunities (imkoniyatlar - возможности), threats (xavf-xatarlar - угрозы) ning to‘rt tashkil etuvchilari tashkilot faoliyatining tayanch savollarini (masalalarini) shakllantirishga, SWOTning qaysi elementlari kechiktirib bo‘lmaydigan harakatlar qilish yoki maxsus strategiya ishlab chiqish zaruriyatlarini aniqlab olishga imkoniyat yaratadi.
Shunday qilib, strategiya tanlovi strategik tahlil natijalarini o‘rganib chiqishdan boshlanadi. Ushbu natijalar asosida muqobil variantlar ishlab chiqiladi. (9-b.)
Strategik jarayonning uchinchi bosqichi tanlangan strategiyani qo"llab-quvvatlash va uni amaliyotga qo‘llashni o*z ichiga oladi. Bu etap oldingi ikki etaplardan ham muhim va qiyin jarayon hisoblanadi. Bu etapda strategiya amalga oshiriladi va bu yerda, o‘z navbatida, menejmentning о‘mi beqiyosdir.
Strategiyani amalga oshirishda quyidagi muhim momentlami hisobga olish zarurdir:
■ tashkilotning resurs (ne’mat)lar bilan ta’minlanganlik darajasi;
■ o‘ylangan strategiyani qabul qilish uchun tashkilot tuzilma (struktura)si va madaniyatining tayyorgarligi;
■ strategiyani amalga oshirishdagi o‘zgarishlarga menejmentning tayyorgarligi; kompaniya yuksalish yo'nalishi bo‘yicha yechimning moddiy-texnik asoslanishi,
■ tashkilotning ishlab chiqarish darajasida taklif etilgan strategiyaga va sifat masalalarini yechishga tayyorgarligi;
■ tashkilotning geografik o‘mi (pozitsiyasi) va uning xalqaro mintaqaviy bozordagi ulushi;
■ taklif etilayotgan strategiyaning biznesning ichki va tashqi qatnashchilariga, shuningdek, kompaniyaning jamiyat bilan o'zaro munosabatlariga ta’siri. (10-b)
Xuddi shu ≪strategiya≫ terminidagi ko'pxillilik Genri Minsberg (Mak Djeill universiteti, Monreal, 1987-y)ni ≪5Р≫ strategiyasini ishlab chi-qishga majbur qildi.
G. Minsberg fikricha, strategiya o ‘z ichiga quyi-dagilarni jamlagan:
• reja (plan);
• usul yoki taktik yo‘l (play);
• xulqiy model (pattern of behaviour);
• boshqalarga nisbatan nuqtayi nazar (position in respect to others);
• kelajak (perespective).
Reja - bu oldindan rejalashtirilgan va boshlanishdan to oxirigacha nazorat qilinadigan harakat hisoblanib, rejani tuzuvchilar belgilangan vaqt ichida (masalan, 5 yilga) kompaniya faoliyatining yo‘nalishini aniqlovchi ichki hujjatlar ishlab
chiqadilar. (11-b)

Download 4,59 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Download 4,59 Mb.